“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 04:03
ЎЗO‘Z

Kosachyov AQSHdagi namoyishlarga Rossiya aloqadorligi haqidagi so‘zlarni yolg‘on deb atadi

02 iyun, 08:00 2 238 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kosachyov AQSHdagi namoyishlarga Rossiya aloqadorligi haqidagi so‘zlarni yolg‘on deb atadi AQSHda norozilik namoyishlarini uyushtirganlikda Rossiyani ayblash, ham doimgidek, soxta xabarlarga asoslangan yana bir Rossiyaga qarshi kampaniyaning bir qismi bo‘lishi mumkin, dedi Rossiya Federatsiya Kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachyov.

AQSH prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays ilgariroq AQSHdagi noroziliklar ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligini aytdi. Rays biron bir isbot yoki aniq dalil keltirmadi.

Amalga oshdi. Amerikaning soxta xabarlar mashinasi uzoq kutilgan harakatlarga yog‘sirab g‘ichirlab, shang‘illab kirishdi”, - deb yozdi Kosachyov feysbukda.

Bu juda kulgili bo‘lgan bo‘lar edi. Biroq bu juda qayg‘uli bo‘ladi, chunki qarg‘alar uchishidan oldin birinchi qaldirg‘och bo‘lishi mumkin”, - dedi senator.

Parlament a’zosining so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Vashington ongiga "bu safar Amerika shaharlarida sodir bo‘layotgan barcha dahshatlar yetib boradi – jabrlanayotganlarning barchasiga va bo‘lajaklariga samimiy hamdardlik so‘zlari, hamda, milliy fojia ustidan siyosiy o‘yinlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun oddiygina o‘zini o‘zi asrash instinkti yetarlicha bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Kosachyov, shuningdek, Raysning bayonoti to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqorat ekanini ta’kidladi – bu nafaqat bu holatda umuman aralashmagan Rossiyaga, balki o‘z halqi va AQSH fuqarosi Jorj Floydning xotirasiga nisbatan haqoratdir.

Afro-amerikalik Jorj Floyd politsiya qo‘lidan halok bo‘lganidan keyin Minneapolis va boshqa bir qator shaharlarda tartibsizliklar avj oldi. Internetda politsiyachilar Floydni kishanlab, uni yiqitib, uchtasi uning ustiga chiqib olgani, ulardan biri esa tomog‘ini tizzasi bilan ezib turgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi.

Videoda Floyd bir necha bor nafas ololmayotganini aytadi, so‘ngra tinchlanib qoladi. U jonlantirish bo‘limida vafot etdi. Tartibsizliklar boshlanganidan keyin to‘rt nafar politsiyachi ishdan bo‘shatildi, ulardan biri ehtiyotsizlik natijasida odam o‘ldirishda ayblanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar