“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:47
ЎЗO‘Z

Koronavirus munajjim va folbinlarni sharmanda qildi

31 мая, 13:20 3 673 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus munajjim va folbinlarni sharmanda qildi Pandemiya – munajjim, folbin va romchilarning yolg‘onlarini fosh etuvchi bir soat, ularga ishonuvchilar uchun esa iymonga qaytishga chaqiriq bo‘ldi, deb yozadi Islom taraqqiyot banki moliya menejeri Xondamir Nusratxo‘jayev Telegram'dagi «Islom moliyasi» kanalida e’lon qilingan maqolasida. Azon.uz ushbu maqolani o‘zbek tilida taqdim etdi.

Kelajakda sodir bo‘ladigan voqealarni bilishga intilish ba’zi insonlarga tinchlik bermaydi. Bu ko‘pincha ularning ojizliklari yoki e’tiqodining sustligidan darak beradi. Shunday insonlar ko‘pincha munajjimlar bashoratiga ishonish, folbinlarga borish va ularning gaplariga ishonishga moyil bo‘ladilar.

Bugungi kunda koronavirus ularning barchasidagi yolg‘onchilik, ko‘zbo‘yamachilik va kazzoblikni ochib tashladi. Munajjimlar, folbin va romchilarning asl basharasini namoyon qildi. Dunyodagi eng mashhur va «ishonchli» munajjim va folbinlarning YouTube`dagi 2020 yilga turli burjlar uchun ham, umumiy bashoratlarini ham ko‘rib chiqdik. Tabiiyki, ulardan birortasi ham 2020 yilning 5 oyida yuz bergan na koronavirus pandemiyasini, na iqtisodiy-moliyaviy inqirozni, na neft narxlarining qulashini, na fond bozorlaridagi sho‘ng‘ishni bashorat qilgan.

Barchasida faqat safsata va voqelikdan mutlaqo yiroq narsalar to‘g‘risida gap borgan.

Shu sababli, ushbu murojaat nafaqat sizga, balki munajjim, folbin va romchilarning to‘riga ilingan va ularga hamon ishonadigan insonlargadir: ushbu pandemiya haq va botilni ochiq ajratuvchi, kazzoblarning yolg‘onlarini fosh qiluvchi bir soat bo‘ldi. Bilingki, kelajak va g‘aybni bilishga intilish iymondan ayiradi, tashvish, xavotir, iztirob va umidsizliknigina ziyoda qiladi.

Aqldan ozgan odamdek turli yolg‘onlarga ishonmang, insoniy obro‘ va sha’ningizni saqlang. Bilingki, halokatga uchrayotgan samolyotdagi insonlarning burjlari turlicha bo‘ladi, lekin hammasi birga vafot topishi mumkin.

Alloh taolo g‘aybni faqat O‘zi bilishi haqida bir necha oyatlarda marhamat qilgan:
«G‘aybning kalitlari Uning huzurida bo‘lib, ularni uning O‘zidan boshqa hech kim bilmas. U yerdagi, quruqlik va dengizdagi narsalarni biladir. Bitta yaproq uzilib tushmaydiki, magar uni ham biladir. Yer tubidagi bir dona don bormi, ho‘l-u quruq bormi – barchasi ochiq kitobda bordir». («An’om» surasi, 59-oyat)

Ushbu oyati karimadan Alloh taoloning ilmi cheksizligi va bu ilm o‘ziga xos yagona vasfga ega ilm ekani bilib olinadi. Bu ilmning bosh sifatlaridan biri:
«G‘aybning kalitlari Uning huzurida bo‘lib, ularni Uning O‘zidan boshqa hech kim bilmas».

G‘ayb – insondan g‘oyib hodisalar, inson sezgi a’zolari bilan his eta olmaydigan, bilish imkonlari bilan idrok qila olmaydigan hodisalar. Inson o‘zining nechog‘lik bilimdonligi bilan g‘ururlanmasin, uning bilganidan bilmagani ko‘p bo‘lib qolaveradi. O‘sha g‘oyib narsalarni bilishda insonning birdan-bir vositasi bor, u ham bo‘lsa, ilohiy vahiydir. Qolgan barchasi taxmin va gumonlardan boshqa hech narsa emas.

Ayting: «Haqiqat keldi va botil yo‘qoldi. Chunki botil narsa yo‘qoluvchidir». (Isro surasi, 81-oyat)

Xondamir Nusratxo‘jayev,
Islom taraqqiyot banki moliya menejeri.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar