“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 01:01
ЎЗO‘Z

Rus josusi Angela Merkelning elektron pochtasiga o‘g‘rincha kirdi. Rasmiy Berlin bundan darg‘azab...

30 мая, 17:00 2 465 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rus josusi Angela Merkelning elektron pochtasiga o‘g‘rincha kirdi. Rasmiy Berlin bundan darg‘azab... Foto: «AFP»
Germaniya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Migel Berger Rossiyaning Berlindagi elchisi Sergey Nechayevni norozilik belgisi sifatida suhbatga chaqirdi. Muloqot payti rossiyalik hakerlar tomonidan Germaniya bundestagiga uyushtirilgan kiberhujumlar bo‘yicha rasmiy Berlinning keskin e’tirozi izhor etilgan.

Germaniya hukumati vakili hakerlik hujumlarini amalga oshirgan shaxslarga nisbatan Yevropa ittifoqining kiberhujumlar bo‘yicha jazo choralarini ham qo‘llanishi ma’lum qilgan.

Gap shundaki, joriy yil 5 may kuni Germaniya federal prokurori Rossiya fuqarosi Dmitriy Badinni hibsga olishga order berdi. Olmon tergov idorasiga ko‘ra, D.Badin bir guruh shaxslar bilan birgalikda xorijiy davlat foydasiga, Germaniya zarariga josuslik faoliyati bilan shug‘ullangan. Jumladan, 2015 yilda APT28 nomli yashirin guruh a’zosi sifatida bundestag deputatlari hamda kansler elektron pochtasiga hakerlik hujumini amalga oshirgan. Germaniya TIVning qat’iy ishonchiga ko‘ra, D.Badin bu paytda GRU – Rossiya josuslik idorasi xodimi bo‘lgan. Kiberhujum oqibatida olmon parlamenti hamda kansler idorasidan bir necha gigabayt hajmda maxfiy ma’lumot va yozishmalar o‘g‘irlangan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya fuqarosi D.Badin AQSH Federal qidiruv byurosi tomonidan 2016 yildagi prezidentlik sayloviga noqonuniy aralashuvda ham ayblanmoqda.

Kansler Angela Merkelning o‘zi ham rus razvedkasi elektron pochtasi o‘g‘rincha kirganini tasdiqlagan. “Bu hodisadan qattiq xafa bo‘ldim”, – degan olmon hukumati yetakchisi.

Ushbu jinoyatni tasdiqlovchi jiddiy dalillarga mavjudligini ta’kidlagan Merkel Germaniya zarur bo‘lsa javob choralarini ko‘rishi mumkinligiga ishora qilgan.

Merkel xonimga ko‘ra, Rossiya tomoni voqelikni buzib ko‘rsatish maqsadida gibrid urush strategiyasidan foydalanmoqda. Bu esa Berlin va Moskva o‘rtasidagi munosabatlar sovuqchilik solishi turgan gap.

Kreml, tabiiyki, kiberhujumlarga aloqadorlikni inkor etmoqda. Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa bundestag elektron tizimi rus josuslar tomonidan buzilganini rad etib, “Biz bundestagni faqat bir marta – 1945 yilda buzganmiz. O‘shanda biz Berlinni natsistlardan ozod qilgan edik” degan.

Rossiya va Germaniya munosabati, jumladan, prezident Vladimir Putin va kansler Angela Merkel munosabatini iliq deb bo‘lmaydi. Merkel 2014 yilda Qrim Rossiya hududiga qo‘shib olinishini keskin qoralagan va rasmiy Moskvaga nisbatan sanksiyalar joriy etishni qo‘llab-quvvatlagan. Josuslik mojarosi esa murakkab munosabatlarni yanada chigallashtirish mumkin. Rossiya rahbari bir zamonlar GDR hududida KGB agenti sifatida faoliyat yuritgani inobatga olinsa, rasmiy Berlin rus josuslari qilmishidan nega bunchalik darg‘azab bo‘layotgani ancha oydinlashadi.

S.Salim




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 0
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 0
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 11
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 0
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 0
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 0
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 11
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 9
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 53
  • Bo‘limlar