“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 13:21
ЎЗO‘Z

Turkiyada karantindan keyin masjidlar qayta ochildi

30 мая, 00:19 3 142 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyada karantindan keyin masjidlar qayta ochildi 29 may kuni Turkiyada koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan masjidlar 74 kundan keyin qayta ochildi. Masjidlarga keluvchilardan bir qator karantin qoidalariga amal qilish iltimos qilingan.

“Masjidlarimiz eshiklari 2,5 oylik to‘xtashdan keyin biz birga ado etayotgan juma namozi uchun qayta ochildi”, deb aytgan diniy ishlar boshqarmasi rahbari Ali Erbash.

U 5 mingga yaqin kishi yig‘ilgan Istanbuldagi Fotiha masjidida qisqacha ma’ruza o‘qigan. Ayollar uchun ichki hovlida alohida joy hozirlangan. Namoz vaqtida ijtimoiy masofaga rioya qilish zarurligi eslatib turilgan.


Boshqarmada ma’lum qilinishicha, masjidlar ishida bir qator cheklovlar saqlanib qoladi. Jumladan, ayni vaqtda katta hovliga va ochiq maydonlarga ega masjidlargina ochilgan.

Birinchi bosqichda asr va juma namozlarini ado etishga ruxsat berilgan. Masjidga keluvchilar o‘zlari bilan joynamoz olib kelishlari yoki masjidning o‘zida bir marotabalik joynamozlar olishlari hamda himoya niqoblarida bo‘lishlari shart.

Ta’kidlanishicha, ba’zi masjidlarda xavfsizlik choralariga rioya qilinishi ortidan dron yordamida kuzatilgan.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an karantin cheklovlari yengillashtirilishini e’lon qilgan. Jumladan, 1 iyundan mamlakatda shaharlaro safarlarga cheklov bekor qilinadi, kafe va muzeylar ochiladi. Shuningdek, xavfsizlik choralariga amal qilgan holda plyajlar, qo‘riqhonalar va bog‘larga tashrif buyurishga ruxsat beriladi.








Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 0
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 7
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 13
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 17
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 62
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar