“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 14:08
ЎЗO‘Z

Yaponiya sayyohlarni jalb qilish uchun ularga kuniga 185 dollardan bermoqchi

28 мая, 06:00 1 894 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yaponiya sayyohlarni jalb qilish uchun ularga kuniga 185 dollardan bermoqchi Foto: Getty Images
Yaponiya hukumati koronavirus pandemiyasi sababli jabr ko‘rgan turizm sohasini tiklash maqsadida xorijiy sayyohlarga kuniga 185 dollarlik vaucherlar berish dasturini ishlab [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9rdW4udXovbmV3cy8yMDIwLzA1LzI3L3lhcG9uaXlhLXNheXlvaGxhcm5pLWphbGItcWlsaXNoLXVjaHVuLXVsYXJnYS1rdW5pZ2EtMTg1LWRvbGxhcmRhbi1iZXJtb3FjaGk%3D]chiqdi[/leech].

Ta’kidlanishicha, Go To Travel tashabbusi doirasida Yaponiyaga yo‘l oladigan sayyohlarga Kunchiqar mamlakatda o‘tkazadigan har bir kunlari uchun 20 ming iyen (185 dollar) miqdorida subsidiya berilishi mumkin. Bu haqda Kyodo News axborot agentligi xabar berdi.

Ushbu subsidiyalar sayyohlarning Yaponiyada xarajatlarning yarmigachasini qoplashi mumkin. Ular do‘konlar va restoranlarda qo‘llash mumkin bo‘lgan vaucherlar ko‘rinishida bo‘ladi. Biroq sayyohlarning Yaponiyaga borish xarajatlari qoplanmaydi.

Tashabbus iyul oxiridan amal qilishi kutilmoqda. Vaucherlarni olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki Yaponiyaning turagentlikliklari orqali mehmonxona bronlash lozim bo‘ladi.

Pandemiya ko‘plab davlatlar qatorida Yaponiyaning turizm sohasiga ham jiddiy zarar yetkazdi. Koronavirus sababli mamlakatga 100 dan ko‘proq davlat va hududlardan fuqarolarning kirishi taqiqlab qo‘yilgan. Tokio Olimpiadasi bekor qilinishi ham turistik oqim o‘sishiga umidlarni yo‘qqa chiqargan. Mamlakatda aprelda mehmonxona biznesi bilan bog‘langan 31 ta kompaniya kasodga uchraganini e’lon qilgan yoki bu haqida ariza topshirishga tayyorlangan.

Ta’kidlanishicha, 25 may kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe poytaxt Tokio va uning atrofidagi hududlarda hamda Xokkaydo orolida koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan favqulodda vaziyat rejimini bekor qilgan. Mamlakatning qolgan qismida bu may boshidayoq qilingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 0
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 129
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 0
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 129
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 171
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 123
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 51
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 28
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 195
  • Luis Enrike PSJning ECHLdan chiqib ketishiga munosabat bildirdi 08 мая, 10:58 113
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 43
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 175
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 162
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 76
  • Bo‘limlar