“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 19:59
ЎЗO‘Z

Chexiyada jamoat joylarida niqobsiz yurishga ruxsat berildi

25 мая, 15:50 2 054 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chexiyada jamoat joylarida niqobsiz yurishga ruxsat berildi Chexiyada 25 maydan boshlab koronavirus tarqalishining oldini olish yo‘lida joriy etilgan bir qator cheklovlar yengillashtirilmoqda, deb xabar beradi «TASS».

Mamlakat hukumatining ta’kidlashicha, bu kabi qaror respublikada epidemiologik vaziyat yaxshilanayotgani sabab qabul qilingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 apreldan buyon Chexiya hukumati pandemiya fonida mart oyining o‘rtalarida qabul qilingan qattiq cheklovlardan bosqichma-bosqich voz kechib kelmoqda.

Navbatdagi bosqichga ko‘ra, ko‘chalarda nafas olish organlarini himoyalashga qo‘yilgan talablarning bekor qilinishini nazarda tutadi. Shunga qaramay, yopiq jamoat joylarida — do‘konlar, shuningdek, jamoat transportlarida tibbiy niqoblarini taqish majburiyati noma’lum muddatga saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, 25 maydan boshlab mehmonxonalar, fitnes markazlar, saunalar, restoran va kafelar sanitariya talablariga rioya qilgan holda qayta ish boshlashi mumkin. Shuningdek, qariyalar uyi, nogironligi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan klinikalarga tashrif buyurish, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktabga qaytishiga ruxsat berilgan. Shu bilan birga, 300 kishiga bo‘lgan jamoat tadbirlarini o‘tkazish ham mumkin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 8955 kishida koronavirus qayd etilgan. Ulardan 6078 nafari tuzalgan, 315 nafari vafot etgan.

Avvalroq Chexiya Yevropada birinchilardan bo‘lib chegaralarini ochib, fuqarolarga chet elga chiqishga ruxsat bergan edi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 2
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 1
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • So'nggi yangiliklar
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 0
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 0
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • Bo‘limlar