“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:17
ЎЗO‘Z

Butun dunyo bo‘ylab 24 may tongiga qadar koronavirusga chalinganlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi

24 мая, 21:00 4 197 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Butun dunyo bo‘ylab 24 may tongiga qadar koronavirusga chalinganlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi 24 may holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 5,3 million kishidan oshib ketdi. Pandemiya dunyoning 188 davlatida qayd etilgan. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5 311 089 kishiga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida kasallar soni 99,5 ming kishiga ortgan. Pandemiya boshlanganidan buyon hozirga qadar 342 104 bemor koronavirus qurboniga aylangan, 2,11 million kishi sog‘aygan.

Koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlar — AQSH (1,62 million kasal) va Braziliya (347,3 ming). Reytingning uchinchi pog‘onasidan 335,8 ming ko‘rsatkich bilan Rossiya joy olgan, undan keyingi o‘rinlarni esa Buyuk Britaniya (258,5 ming) va Ispaniya (235,2 ming) egallab turibdi.

Dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha ham AQSH yetakchilik qilmoqda — 97 087. Shu bilan birga, Yevropa davlatlarida antireytingning yetakchilarida kuzatilayotgan o‘lim darajasi 10 foizga ortiqroq.

Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida 9434 ming kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakatda hozirga qadar 107 mingdan ortiq bemor sog‘aygan bo‘lsa, 3388 bemor virus qurboniga aylangan. Butun mamlakat bo‘ylab pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga 8,1 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda 24 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3132 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning 2532 nafari sog‘aygan, 587 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, 13 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 205
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar