“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:01
ЎЗO‘Z

Bill Klinton detektiv roman yozadi

23 мая, 17:00 2 052 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bill Klinton detektiv roman yozadi Foto: Twitter
AQSHning sobiq prezidenti Bill Klinton va amerikalik yozuvchi Jeyms Patterson birgalikda ikkinchi kitob yozishlari haqida ma’lum qilishdi. Bu safar kitobda AQSH prezidentining qizi o‘g‘irlanib ketilishi haqida gap boradi.

Klinton Jeyms Patterson bilan hammualliflikda “Prezident qizi” (The President's Daughter) deb atalgan detektiv roman yozadi. Bu haqda Publishers Weekly nashri xabar berdi.

Kitobdagi voqealar prezident qizining o‘g‘irlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Roman 2021 yil iyunda nashr etilishi rejalashtirilmoqda. U bir vaqtning o‘zida ham kitob shaklida, ham audio va elektron shaklda nashr etiladi.

73 yoshli Klinton va yozuvchi Pattersonning birgalikda yozgan ilk romani “Prezident g‘oyib bo‘ldi” (The President is Missing) 2018 yilda Alfred A. Knopf va Hachette nashriyotida chop etilgan va butun dunyo bo‘ylab 3,2 mln donadan ko‘proq sotilgan. Ularning yangi romani ham aynan shu nashriyotda chop etiladi.

Birinchi kitobimiz katta qiziqish bilan qabul qilinganini ko‘rish yoqimli bo‘lgandi va men “Prezident qizi” kitobxonlar qo‘liga tushishini juda istayman – ular afsus qilmaydilar”, deb ta’kidlab o‘tgan Jeyms Patterson.

AQSHning 42-prezidenti Bill Klinton iste’foga ketgach, bir nechta ilmiy-ommabop va xotira asarlari hamda bir dona badiiy asar yozgan. Uning ilk kitobi - “Mening hayotim” deb nomlangan avtobiografiya va birinchi badiiy romani - “Prezident g‘oyib bo‘ldi” asari betsellerlarga aylangan.

Yozuvchi Jeyms Patterson detektiv va triller janrida 130dan ko‘proq asar yozgan. Uning birinchi romani “O‘rgimchak keldi” (Along Came a Spider) deb atalib, 1993 yil yanvarda nashr etilgan va sud psixologi haqidagi asarlar seriyasini boshlab bergan. Patterson dunyodagi eng katta haq oluvchi yozuvchilardan biri hisoblanadi. U 2019 yilda 70 mln dollar ishlab topgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 77
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 321
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar