“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 10:42
ЎЗO‘Z

AQSH milliarderlari boyligi koronavirus pandemiyasi davrida 434 mlrd dollarga oshdi

23 мая, 11:01 2 745 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH milliarderlari boyligi koronavirus pandemiyasi davrida 434 mlrd dollarga oshdi Foto: EPA
AQSH milliarderlari boyligi koronavirus pandemiyasining so‘nggi ikki oyi davomida 15 foizga oshdi. Bu haqda Americans for Tax Fairness va Institute for Policy Studies tadqiqot guruhlari natijalarida qayd etilgan.

Tadqiqotda Forbes ma’lumotlari asosida 18 martdan 19 maygacha bo‘lgan davrda milliarderlar boyliklaridagi o‘zgarishlar hisobga olingan. Unga ko‘ra, bu davr mobaynida ularning boyligi umumiy hisobda 434 milliard dollarga (2,948 trillion dollardan 3,383 trillion dollarga) oshgan.

Xususan, Amazon asoschisi Jeff Bezos boyligi 30,6 foizga oshib 34,6 milliard dollarga, Microsoft asoschisi Bill Geytsniki 8 milliard dollarga (8,2 foiz), Facebook asoschisi Mark Sukerbergniki 25,3 milliard dollarga (46,2 foiz), Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffett boyligi 524 million dollarga (0,8 foiz), Oracle asoschisi Larri Ellisonning boyligi esa 7 milliard dollarga (11,9 foiz) oshgan.

AQSHning Top-30 milliarderlari tarkibiga kiruvchi boylari orasida foiz hisobida (lekin mutlaq raqamlarda emas) ikki oy davomida boyligi eng ko‘p oshgan Menards asoschisi kichik Jon Menar va Ilon Mask (mos ravishda 62,8 foiz va 48 foiz) bo‘ldi.

Bundan tashqari, tadqiqot davomida milliarderlarning soni ham oshgani aniqlangan. Mart oyida ularning soni 614 nafar bo‘lgan bo‘lsa, may oyiga kelib 630 nafarga yetgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin Rossiyada tug‘ilishni ko‘paytirishga buyruq berdi 08 мая, 10:16 0
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi 08 мая, 09:53 16
  • “Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi 08 мая, 09:30 24
  • Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida otishma sodir bo‘ldi 08 мая, 09:27 40
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 15
  • TikTok AQSH hukumatini sudga berdi 08 мая, 08:55 20
  • Isroil Rafahdagi operatsiyani HAMAS mag‘lubiyatga uchramaguncha davom ettirmoqchi 08 мая, 08:52 22
  • “Hizbulloh” Livan chegarasi yaqinidagi Isroil harbiy obyektlariga hujum uyushtirdi 08 мая, 08:47 49
  • Mbappe alamli mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi? 08 мая, 08:44 107
  • PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol! 08 мая, 08:40 52
  • YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi 08 мая, 08:31 41
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 136
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 280
  • Bo‘limlar