“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 08:00
ЎЗO‘Z

Venesuelada Maduroni ag‘darish operatsiyasiga aloqador 66 kishi qo‘lga olindi

22 мая, 10:45 2 358 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Venesuelada Maduroni ag‘darish operatsiyasiga aloqador 66 kishi qo‘lga olindi Foto: RIA Novosti / Mixail Alayeddin
Mamlakat ichki ishlar vaziri Nestor Reverol 3 may kuni dengiz tomondan kelgan kolumbiyalik jangarilar hujumi qaytarilganini ma’lum qilgandi.

Venesuela bosh prokurori Tarek Uilyam Saab 3 may kuni mamlakatga dengiz orqali kirishga uringan yollanma jangarilar guruhi yo‘q qilingan voqealarga aloqador 66 kishi qo‘lga olinganini aytdi.

Venesuela ichki ishlar vaziri Nestor Reverol 3 may kuni dengiz tomondan kelgan kolumbiyalik jangarilar hujumi qaytarilganini ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar Venesuelaga tezyurar katerlarda bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Keyinroq hujumni qaytarish vaqtida 8 kishi qo‘lga olingani, 2 kishi o‘ldirilgani ma’lum qilingan.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hujumdan maqsad uni o‘ldirish bo‘lganini, hujum ishtirokchilari orasida ikki amerikalik - AQSH prezidenti shaxsiy qo‘riqlash xizmati xodimlari bo‘lganini aytgandi.

"Hozirda ushbu voqealarga aloqador 66 kishi qo‘lga olingan. Hibsga olish uchun 99ta order berilgan, bundan 63tasi ijro jarayonida. Eslatib o‘taman, bu odamlarning aksariyati mamlakatdan tashqarida, Kolumbiya va Qo‘shma Shtatlar orasida yuribdi", - dedi Venesuela bosh prokurori.

Bosh prokurorning qo‘shimcha qilishicha, tergov jarayonida yollanma jangarilar uchun moddiy-texnik ta’minot, o‘quv lagerlari ijarasi uchun mas’ul bo‘lgan tashkilot aniqlangan – bu Venesueladagi Futuro Presente fondi bo‘lib, uning xodimlariga nisbatan ham qo‘lga olish haqidagi orderlar beriladi.
Venesuela, Maduro




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 176
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 322
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar