“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 01 2024, 01:36
ЎЗO‘Z

Apple va AQSH mojarosi nimani anglatadi?

22 мая, 10:23 2 052 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple va AQSH mojarosi nimani anglatadi? AQSH maxsus xizmatlari va Apple orasidagi mojaro qanchalik haqiqiy? Jentlmenlar kelisha olmayaptimi yoki bu uchinchi tomon uchun qo‘yilayotgan yana bir "tomosha" xolosmi?

Apple AQSH bosh prokurori Uilyam Barrning unga qarshi tanqidlariga tezda javob qaytardi.
Biroz oldin Barr Appleni AQSH huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishda va milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi kishilarning shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishda ayblagan edi. Bunga o‘tgan yil dekabrda Florida aviabazsiada terakt uyushtirgan Saudiya Arabistoni zobitiga tegishli bo‘lgan iPhoneni FQBning o‘zi korporatsiyaning yordamisiz blokirovkadan chiqarishga majbur bo‘lgani sabab bo‘ldi.

Bosh prokurorning so‘zlariga ko‘ra, Applening g‘azablantiruvchi pozitsiyasi uning "avtoritar rejimlar"ga (albatta, Rossiya va Xitoy nazarda tutilmoqda) "bu hukumatlarga ommaviy kuzatuvni taqdim etish" bilan faol hamkorligi bilan uyg‘unlashadi.

Apple Barr bayonotlarini "yolg‘on" deb atadi
Kompaniyada ta’kidlashicha, FQBning birinchi so‘rovlariga aviabazaga hujumdan bir necha soat o‘tiboq javob berilgan: "Bizda mavjud bo‘lgan barcha ma’lumotlarni, shu jumladan iCloud zaxira nusxasini, akkaunt ma’lumotlari va ko‘plab akkauntlar bilan tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazib berdik, texnik yordam ko‘rsatdik va keyingi oylar davomida Djeksonvill, Pensakola, Nyu-Yorkdagi FQB idoralarini tergoviga yordam berdik".

Apparatlarning razblokirovkasi borasida, kompaniya mijozlar parollarini saqlamagani uchun buni amalga oshira olmasligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Apple hukumatni "millionlab foydalanuvchilar va bizning milliy xavfsizligimizni himoya qiladigan shifrlash va boshqa xavfsizlik choralarini kuchsizlantirishga" urinishda deyarli aybladi.

Bu, darvoqe, shunga o‘hshash mojaroning birinchi emas. 2016 yilning bahorida, Apple San-Bernardino (Kaliforniya) shahrida rafiqasi bilan 14 kishini o‘ldirgan terroristning iPhone-ni buzishga muvaffaq bo‘lgan vakolatli organlar bilan to‘qnashgan edi. Kompaniya o‘z xavfsizlik tizimlarini kuchaytirishga va’da bergan.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi, Rossiyaga bog‘lash odatiy bo‘lib qolgan Apple-AQSH qarama-qarshiligining yangi bosqichini izohlar ekan, okean ortida vaziyat "begonalarni qo‘rqishi uchun o‘zingnikini ur" bosqichiga yetganini ta’kidladi.

Dunyoda ro‘y berayotgan voqealar munosabati bilan, djentelmenlar haqida ko‘hna bir maqol tobora ko‘proq esga kelmoqda: eski qoidalar bo‘yicha g‘alaba qilish imkoni bo‘lmasa, yangisini o‘ylab topishadi. U joriy vaziyatga ham taalluqli, ammo yangi va kutilmagan tusga kiradi.

Shaxsiy ma’lumotlarni har kimdan, shu jumladan davlatdan himoya qilish g‘oyasi G‘arb va ayniqsa Amerikaning inson huquqlari, demokratiya va shaxsiy hayot haqidagi g‘oyalaridan kelib chiqqan. Va bu haqiqatan ham bir vaqtlar zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi bo‘lib xizmat qilgan edi va raqobatchilar ustidan ham texnologik, ham ma’naviy jihatdan ustunlik haqida gapirishga imkon berdi.

Voqeliklarning istiqbolsizligi allaqachon ko‘pchilikka ayon. "Biz hammamiz Myuller qalpog‘i ostida" ekanligimizga dalillar haddan tashqari tez-tez va yaqqol takrorlanib bormoqda va gap nafaqat davlatning fuqarolarini nazorat qilish imkoniyatlari kengayyotganida. Bundan ham yoqimsiz narsa, tijorat tuzilmalarining odamlarning shaxsiy hayotiga bostirib kirishida. Masalan, kontekstli reklamaning hayratlanarli aniqliligi biznesning xabardorlik darajasi qanchalik keng ekanligini ko‘rsatadi.

Bu janjalmi yo "tomosha"?
Va qoidalarning o‘zi ham juda tez o‘zgarmoqda - va aytgancha, ancha vaqtdan beri. Kuzatuvda Amerika razvedka xizmatlariga misli ko‘rilmagan huquqlar bergan 2001 yildagi mashhur Vatanparvarlik qonunini eslash kifoya. So‘nggi yillarda o‘zgarishlar shunchalik ulkanki, dunyo aslida yangi prinsiplarga muvofiq yashashga o‘tib bo‘ldi.

Bundan tashqari, tendensiya hamma uchun bir xil, va Vashingtonga yoqmaydigan mamlakatlarga nisbatan barcha an’anaviy ritorikasiga qaramay - AQSH va Xitoy yoki Yevropa va Rossiya o‘rtasidami farqi yo‘q.

Apple, boshqa global IT-gigantlari singari, umumiy tendensiya girdobida. Darvoqe, korporatsiya haqiqatan ham milliy qonunchilik talablariga rioya qildi va taxminan bir yarim yil oldin mahalliy mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashni Rossiyaga ko‘chirdi - bu faqt Amerika bosh prokurorining g‘azabini keltirdi.

Umuman olganda, Stiv Djobs mahsulining mafkuraviy qaytmasligiga ishonishga hech qanday iloj qolmayapti.

Kompaniya va AQSH hukumati o‘rtasidagi yangi mojaroda, korporatsiya milliy iyerarxiyaga bo‘ysunishni tan olishni istamasligi ehtimoli ko‘proq qo‘rinmoqda. Axir, Apple asli Amerika kompaniyasi bo‘lsa-da, u boshqa raqobatchi hamkasblari singari globallashgan dunyo mantig‘ida o‘ylaydi - bu yerda qoidalarni ular o‘zlari o‘rnatadilar va begonalarga bo‘ysunmaydilar.

Ammo bundan ham qiziq tomoni shundaki, dunyo, o‘yin qoidalari tufayli "jentelmenlar"ning ommaviy janjaliga guvoh bo‘lmoqda. Ya’ni, bu janjal aslida, oldiga o‘tirib to‘satdan ular ustidan g‘alaba qozonishni boshlagan "aborigenlarni" "oq tanlilar" o‘zaro hufiyona kelishib yana bir bor muvaffaqiyatli aldashga uringani kabi parda ortiga yashirilishi kerak.

Ammo sodir bo‘lgan vaziyat xech ham noyobligi bilan ajralib turmayapti. Shunga o‘xshash holatlar ko‘z o‘ngimizda hamma yerdan darz ketishlari bilan ko‘payib bormoqda - ommaviy janjallar va "sindirilgan idishlar" bilan - bir paytlari birlashgan G‘arb kabi, uning eng bardoshli va obro‘li qismlarini qo‘shgan holda. Va u uchun nima yomonroq ekanligi tushunarsiz - agar jarayon ishtirokchilari o‘zlari o‘tirgan shohni aralayotganini anglamayotgan bo‘lsalar yoki aksincha, barchasini anglasalar, lekin tizim inqirozi shu qadar chuqurlashdiki, u yerdagilar jamoaviy najot topish imkoniyatlarini ko‘rmayaptilar.

Biroq, javob qanday bo‘lmasin, sayyoramizning qolgan qismi uchun bu yaxshi yangilik, chunki bu o‘zlarini boshqalardan yuqori va yaxshiroq deb hisoblaydigan ayrim ishtirokchilarni yashirincha aldovisiz dunyoni muvaffaqiyatli qayta qurish imkoniyatlari ko‘payishini anglatadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 262
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 95
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 185
  • So'nggi yangiliklar
  • “Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi 01 мая, 00:40 0
  • Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi? 01 мая, 00:33 0
  • Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat" 30 apr, 23:50 8
  • Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi 30 apr, 23:42 18
  • U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin 30 apr, 23:15 24
  • Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi 30 apr, 23:00 16
  • O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan! 30 apr, 22:34 200
  • O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik... 30 apr, 21:56 49
  • Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi 30 apr, 21:33 47
  • Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi 30 apr, 21:10 58
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 87
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 22
  • Bo‘limlar