“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 21:55
ЎЗO‘Z

Xitoyda bir sutkada 5 kishida, Janubiy Koreyada esa 32 kishida koronavirus qayd etildi

20 мая, 12:43 1 987 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyda bir sutkada 5 kishida, Janubiy Koreyada esa 32 kishida koronavirus qayd etildi Xitoyda so‘nggi bir sutkada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 5 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 16 ta holat aniqlandi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib. Bemorlarning 3 nafari sog‘aygan. Vafot etish holati qayd etilmagan.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 84 068 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 79 313 nafari sog‘aygan, 4 638 nafar bemor vafot etgan. Hozirda kasalxonalarda 87 kishi davolanmoqda.

Shuningdek, yana 16 kishida kasallik alomatlarsiz kechayotgani aniqlangan. Umumiy hisobda bunday kishilarning yana 368 nafari shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutkada 32 kishi koronavirusga chalinib, qayd etilgan kasallanishlarning umumiy soni 11 110 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti» mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (KCDC) ma’lumotlariga tayanib.

Qayd etilishicha, yangi kasallanishlarning 24 tasi mahalliy — Xitoy hududining o‘zidan, qolgan 8 tasi esa chetdan yuqtirilgan.

So‘nggi sutkada 128 kishi kasallikdan tuzalgan bo‘lib, sog‘aygan bemorlarning umumiy soni 10 066 nafarga yetib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 90 foizdan oshdi. Shuningdek, kasallik alomatlarsiz kechayotgan kamida 466 kishi nazoratda bo‘lib turibdi.

Koronavirus qurbonlari soni esa o‘zgarishsiz qoldi — 263 nafar. Sutka davomida hech kim kasallikdan vafot etmagan.

Yangi kasallanish holatlari ko‘payishiga koronavirus borligi gumon qilingan va keyinchalik tasdiqlangan 29 yoshli yigitning 2 mayga o‘tar kechasi Kyongido provinsiyasidagi Yon’in shahridan Seulning odam gavjum bo‘lgan Itxevon hududiga borgani va u yerda bir nechta klub va barlarga kirgani sabab bo‘lgan. Klublardagi boshqa shaharlardan dam olgani kelgan bir qator shaxslar ham virus yuqtirib olgan. Ayni paytda klub bilan bog‘liq holda kasallik yuqtirganlar soni 193 nafarga yetgan.

Kasallik avj olmasligi uchun hukumat barcha klublar va ko‘ngilochar maskanlarni 7 iyunga qadar yopgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 0
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 81
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 121
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 53
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 319
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 0
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 12
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Bo‘limlar