“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:43
ЎЗO‘Z

Saudiya Arabistoni jamg‘armasi narxlar tushganidan foydalanib AQSHdagi eng yirik kompaniyalar aksiyalarini sotib oldi

17 мая, 07:42 2 436 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saudiya Arabistoni jamg‘armasi narxlar tushganidan foydalanib AQSHdagi eng yirik kompaniyalar aksiyalarini sotib oldi Foto: IZVЕSTIYA/Aleksandr Kazakov
Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi (Public Investment Fund, PIF) neft narxi arzonlashishi va koronavirus pandemiyasi sababli aksiyalar narxining tushib ketishidan foydalanib Amerikadagi yetakchi kompaniyalar va banklarning minoritar ulushlarini sotib oldi. Bu haqda AQSH qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga tayanib CNBC telekanali xabar berdi.

Suveren jamg‘arma ushbu komissiyani Boeing korporatsiyasining 713,7 mln dollarlik ulushini, Citigroup bankining 522 mln dollarlik qimmatli qog‘ozlarini va Facebook kompaniyasining shuncha miqdordagi ulushini sotib olganidan xabardor qilgan. Jamg‘arma shuningdek, Disney kompaniyasi aksiyalariga 495,8 mln, Bank of America aksiyalariga 487,6 mln dollar sarflagan va milliarder Uorren Baffettga qarashli Berkshire Hathaway fondining kichikroq paketini sotib olgan.

The Wall Street Journal aprelda Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi bir necha hafta davomida Norvegiyaning Equinor, Angliya-Gollandiyaning Royal Dutch Shell, Fransiyaning Total va Italiyaning Eni kompaniyalari aksiyalarini qariyb 1 mlrd dollarga sotib olganini yozgandi.

Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib yozishicha, Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi investitsiya banklaridan qariyb 10 milliard dollar qarz olmoqchi. Agentlik manbalariga ko‘ra, jamg‘arma dunyodagi eng yirik kompaniyalarning aksiyalarini sotib olishi uchun unga likvidlik kerak.

Saudiyaliklar pandemiya boshlanganidan buyon o‘z ulushlarini oshirmoqda, deb yozadi Bloomberg. Ushbu strategiyani aprel oyida jamg‘arma boshqaruvchisi Yosir al-Rumayyan ham ham tasdiqlagan: uning so‘zlariga ko‘ra, jamg‘arma inqiroz tufayli iqtisodiy silkinishlar ochadigan barcha imkoniyatlarni o‘rganmoqda.

Jamg‘arma rahbari ushbu jamg‘arma "ko‘plab imkoniyatlarni" kutayotganini aytgan va jumladan, aviakompaniyalar, energetika va ko‘ngilochar kompaniyalarni ham eslab o‘tgandi.

Bloomberg manbalarining ta’kidlashicha, jamg‘arma global investitsiya portfelini kengaytirishga qaror qilgan. Uning investitsion xaridlari orasida Carnival Corp kruiz operatori, Marriott International Inc mehmonxonalar tarmog‘i, Suncor Energy va Canadian Natural Resources kabi energetika kompaniyalari ulushlari bor, deb yozadi agentlik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 1
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar