“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:48
ЎЗO‘Z

Turkiya iyundan xorijlik turistlarni qabul qilishni rejalashtirmoqda

17 мая, 05:17 2 264 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya iyundan xorijlik turistlarni qabul qilishni rejalashtirmoqda Turkiya hukumati mehmonxonalarni sanitar-gigiyenik xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish dasturini ishlab chiqqan.

Turkiya iyun o‘rtalaridan xorijlik turistlarni qabul qilishni boshlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz gashri.

"Iyun o‘rtalaridan ma’lum bir mamlakatlarda xalqaro turizm tiklanadi deb o‘ylaymiz. Bular Xitoy, Janubiy Koreya va ushbu mintaqaning boshqa davlatlari bo‘ladi. Shu bilan birga, dunyoning ko‘plab nuqtalariga muntazam xalqaro parvozlar boshlanadi deb o‘ylayman", - dedi Ersoy NTV telekanali efirida.

U Turkiyada ichki turizm 28 maydan, Ramazon oyi tugaganidan so‘ng boshlanishini aytdi.

"Biz mehmonxonalarni yopmadik, aviatashuvchilar ishini to‘xtatgani va pandemiya bilan bog‘liq boshqa cheklovlar kiritilgani sababli ular yopilishga majbur bo‘ldi", - dedi Ersoy.

U Turkiya hukumati mehmonxonalarni sanitar-gigiyenik xavfsizlik bo‘yicha sertifikatlashtirish dasturi ishlab chiqqanini qayd etdi.

"Bu dunyodagi ana shunday birinchi tajriba va bizdan keyin YEI mamlakatlari ham ana shunday ish olib borishga qaror qildi", - deb qo‘shib qo‘ydi Ersoy.

Avvalroq Mehmet Ersoy Turkiyada 1 iyundan boshlab xorijdan kelayotgan barcha chet elliklar va mamlakat fuqarolari aeroportlarda koronavirusga test topshirishi majburiy bo‘lishini ma’lum qilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 1
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 1
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar