Bir sutka avval mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq to‘rtta yangi holat va 11 nafar simptomsiz bemor aniqlangani xabar qilingandi.
Xitoyda o‘tgan sutkada koronavirusga chalinish bilan bog‘liq sakkizta holat va 13ta simptomsiz bemorlar qayd etildi. Bu haqda XXR davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi.
Mamlakat ichida 12 nafar va xorijdan kelgan bir nafar simptomsiz bemor aniqlangan. Qayd etilishicha, 561 nafar simptomsiz bemor shifokorlar kuzatuvida bo‘lib turibdi.
Bir sutka avval mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq to‘rtta yangi holat va 11 nafar simptomsiz bemor aniqlangani xabar qilingandi.
Mamlakat shifoxonalarida 89 kishi davolanmoqda, ulardan 11 nafarining ahvoli og‘ir deb baholangan.