“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 12:43
ЎЗO‘Z

Xakerlar Tramp haqidagi maxfiy ma’lumotlarni e’lon qilmaslik uchun 42 mln dollar talab qilishmoqda

16 мая, 03:39 3 521 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xakerlar Tramp haqidagi maxfiy ma’lumotlarni e’lon qilmaslik uchun 42 mln dollar talab qilishmoqda Foto: pages
Xakerlar AQSH prezidenti Donald Tramp haqidagi kompromatni e’lon qilmaslik uchun Nyu-Yorkda joylashgan yuridik firmadan 42 mln dollar talab qilishmoqda. Ular bu pullar evaziga go‘yoki Tramp haqida qo‘lga kiritilgan maxfiy ma’lumotlarni hech kimga ko‘rsatmaslikni va’da qilishmoqda.

REvil xakerlar guruhining ta’kidlashicha, ular ushbu ma’lumotlarni Grubman Shire Meiselas & Sacks kompaniyasiga kiberhujum vaqtida qo‘lga kiritishgan. Bu haqda Computer Weekly portali xabar berdi.

Xakerlar bir hafta ichida 756 Gb ma’lumotni e’lon qilish bilan qo‘rqitishmoqda. Bu ma’lumotlar orasida Donald Tramp haqidagi “irkit sirlar” ham bor. Xakerlar Bitcoin yoki Monero’da 42 mln dollar to‘lanishini talab qilishmoqda.

Endi evaz puli 42 mln dollarni tashkil qiladi. Biz fosh qiladigan keyingi odam – Donald Tramp. Hozir ayni saylovoldi poygasi ketmoqda va biz juda ham o‘z vaqtida prezident haqida bir uyum “irkit” ma’lumotlarni aniqladik. Janob Tramp, agar o‘z lavozimingizda qolishni istasangiz, shoshiling, yo‘qsa o‘z rejalaringiz bilan umrbod xayrlashishingiz mumkin. Siz, saylovchilarga esa shunday ma’lumot taqdim qilishimiz mumkinki, uni prezident sifatida boshqa ko‘rishni istamay qolasiz”, deyilgan xakerlar xabarida.

Xakerlar, shuningdek, yuridik firmaga ham murojaat qilishgan.
Grubman, agar pullarni olmasak, kompaniyangizni yo‘q qilamiz”, deb yozgan jinoyatchilar.

Ta’kidlanishicha, xakerlar maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashdan tashqari, kompaniya fayllarini shifrlab qo‘yishgan va ularning zaxira nusxalarini o‘chirib tashlashgan. Portalning yozishicha, hujjatlarni tiklashning yagona yo‘li talab qilingan pulni to‘lash hisoblanadi.

Xakerlar, shuningdek, bir qator mashhur insonlar, jumladan Madonna, Ledi Gaga, Elton Jon, Robert De Niro va boshqalarning shaxsiy yozishmalari, kontaktlari va ular haqidagi boshqa ma’lumotlarni qo‘lga kiritishgan.

O‘z navbatida, kompaniyada xakerlar harakatlari “terrorchilik” deb atalgan va ularga pul to‘lamaslikka qaror qilingan. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, pul to‘lanishi xakerlarni maxfiy ma’lumotlarni e’lon qilishdan to‘xtamaydi.

Biroq portalning ta’kidlashicha, Tramp ushbu yuridik firmaning hech qachon rasmiy mijozi bo‘lmagan. Shu sababli xakerlar u haqidagi ma’lumotlarni qanday olgan bo‘lishlari mumkinligi mavhumligicha qolmoqda.
maxfiy ma’lumot, Tramp, xakerlar




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 0
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 1
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 11
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 10
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 14
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 80
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 43
  • Bo‘limlar