“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 04:50
ЎЗO‘Z

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5689 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 1111 kishiga yetdi

15 мая, 13:28 2 347 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 5689 kishiga, Qirg‘izistonda esa — 1111 kishiga yetdi Qozog‘iston poytaxtida koronavirus bilan kasallangan ikki bemor vafot etdi, xabar beradi Daryo.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar soni 5689 kishiga yetgan. Hozirga qadar virusga chalingan 2531 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, 13 may kuni 1958 yilda tug‘ilgan ayol, 14 may kuni esa — 1977 yilda tug‘ilgan erkak koronavirusdan vafot etgan.

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanishning kunlik o‘sish sur’ati 2,1 foizni tashkil etmoqda. Bugungi kunga qadar mamlakatda 34 kishi koronavirus qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 29 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lib, ularning aksariyati Norin viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 11 kishi, deb xabar beradi «Daryo».

Shuningdek, Bishkekda — 6 kishi, Chuy viloyati va O‘shda — 4 kishidan, Jalolobod viloyatida — 2 kishi va O‘sh hamda Issiqko‘l viloyatlarida 2 kishidan koronavirus aniqlangan.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 1111 kishiga yetdi, hozirda 353 kishi statsionarlarda davolanmoqda, besh nafarining ahvoli og‘ir.

Qirg‘izistonda kasallar bilan aloqada bo‘lgan 5180 kishi uy karantinida, shifokorlar nazorati ostida saqlanmoqda.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka ichida mamlakatda COVID-19’ga chalingan 10 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, ikki bemor virus qurboniga aylangan — Norin viloyatidan bo‘lgan ayol va bishkeklik erkak. Ikkala bemor ham surunkali kasalliklar bilan og‘ir ahvolda bo‘lgan. Mamlakatda koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 14 kishiga yetdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 15 may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2652 nafarni tashkil qilmoqda. Ayni paytda mamlakatda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan. Hozirda O‘zbekistonda davolanayotgan 505 nafar bemordan sakkiz nafari og‘ir ahvolda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 184
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 232
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 123
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 329
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar