“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 20:29
ЎЗO‘Z

Tojikistonda sobiq xavfsizlik vaziri koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda

15 мая, 00:10 3 884 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikistonda sobiq xavfsizlik vaziri koronavirusdan vafot etgani aytilmoqda Foto: Asia-Plus
13 may kuni Tojikistonda 106 kishida koronavirus aniqlangan, bu eng yuqori kunlik o‘sish qayd etilishi bo‘ldi. O‘lim holatlari soni 6taga ko‘paygan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib Aziya-Plyus xabar bergan.

Endilikda mamlakatda virus yuqtirganlarning umumiy soni 907 nafarga yetdi. Umumiy hisobda 29 nafar tojikistonlik koronavirus sabab vafot etgan. Ayni damda 4 mingdan ortiq kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

JSSTning Tojikistondagi missiyasi rahbari Patrik O`Konnor vaziyat kelajakda qanday tus olishi mumkinligi haqida fikr bildirdi: «Unutmang, bizni sprint poygasi emas, marafon kutmoqda. Keyingi 12-18 oy davomida koronavirus tarqalishiga qarshi choralar ishlab chiqishda davom etishimiz kerak».

Tojikistonda bir guruh odamlar tomonidan kvtj.info sayti ishga tushirilgan. Unda koronavirus sabab halok bo‘lgani aytilayotganlarning nomlari ma’lum qilib boriladi. Bu ro‘yxatda bugun Tojikiston xavfsizlik vazirligining sobiq rahbari Saidanvar Kamolov nomi ham paydo bo‘ldi.

70 yoshli generalning nabirasi bobosiga o‘limidan avval bronxit tashxisi qo‘yilganini aytgan. Saidanvar Kamolov 1995 yilda Tojikiston xavfsizlik vaziri etib tayinlangan. 1997-2001 yillarda mamlakat chegaralarini muhofaza qilish davlat qo‘mitasini boshqargan.

Hozirgacha Tojikistonda rasman 29 kishi koronavirus sabab vafot etgani ma’lum qilingan bo‘lsada, kvtj.info saytida vafot etganlar soni 211 nafarligi ko‘rsatilgan. Saidanvar Kamolov ushbu ro‘yxatda 210-bo‘lib qayd etilgan. Tojikiston sog‘liqni saqlash vazirligi kvtj.info saytidagi ma’lumotlar asosli emas deb hisoblaydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 1
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 29
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 21
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 92
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 112
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 37
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 146
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 59
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 104
  • Bo‘limlar