“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 17:40
ЎЗO‘Z

Rossiya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi

12 мая, 15:35 3 502 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya koronavirus bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi Foto: Mixail Tereshenko/TASS
So‘nggi 24 soat ichida Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 10,8 ming kishiga ko‘payib, 232,2 ming kishini tashkil qilmoqda. Operativ shtabning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Ispaniyani ortda qoldirib, dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan kun davomida Rossiyada yana 10 899 kishi koronavirus bilan kasallangani aniqlandi, mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri 232,2 ming kishida COVID-19 aniqlandi, deyiladi tezkor shtab xabarida.

Shu tariqa, Rossiya dunyoda koronavirus bilan kasallanish holatlari soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina AQSHda ko‘proq odamda kasallik aniqlandi - 1,3 mln kishi. Ushbu ro‘yxatda Rossiya 227,4 ming kasallik qayd etilgan Ispaniyani ortda qoldirdi. Ammo, bu mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi 12 maydagi holat bo‘yicha koronavirusga oid statistikani hali yangilamadi.

Dunyo bo‘yicha COVID-19 holatlari haqida ma’lumot to‘playdigan Worldometers saytiga ko‘ra, Rossiya kasallanish holatlari soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda turibdi. Uning ma’lumotiga ko‘ra, Ispaniya yuqtirib olganlar soni bo‘yicha Rossiyadan hali ham oldinda: ushbu davlatda 268 ming kishi infeksiyani yuqtirib olgan.

Buyuk Britaniyadagi holatlar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar ham 11 may oqshomidan beri yangilanmadi - o‘sha paytda mamlakatda 223 ming kishi ro‘yxatga olingandi. Italiya Sog‘liqni saqlash vazirligi hali 12 may statistikasini taqdim etmadi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 11 may holatiga ko‘ra mamlakatda 219,8 ming kasallik haqida ma’lumot bor.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, epidemiya boshlanganidan beri 4,1 milliondan ortiq odam COVID-19’ni yuqtirdi, 286,3 ming kishi virus tufayli kelib chiqqan asoratlardan vafot etdi. Qurbonlarning aksariyati AQSHda ro‘yxatga olingan - 80,6 ming kishi, undan keyin Buyuk Britaniya - 32,1 ming kishi va Italiya - 30,7 ming kishi.

Rossiyada oxirgi 24 soat ichida koronavirus bilan kasallangan yana 107 bemor vafot etdi. Epidemiya boshlangandan beri mamlakatda jami 2116 kishi hayotdan ko‘z yumdi. O‘lganlar soni bo‘yicha Rossiya dunyoda 18-o‘rinda turibdi.

Rossiya hukumati yuqtirganlar sonining ko‘payishini mamlakatda COVID-19 bo‘yicha ko‘proq testlar o‘tkazish boshlangani bilan izohladi. Xususan, Moskvada bitta emas, balki 14ta markaz ochildi, u yerda tahlillar tadqiqoti olib boriladi, deya xabar qildi tezkor shtab. Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakovaning so‘zlariga ko‘ra, shaharda kuniga 40 mingga yaqin test o‘tkazilmoqda.

O‘tkazilgan testlar sonining ko‘payishi yuqtirgan kishilarning ko‘proq aniqlanishiga olib keldi, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin. «So‘nggi vaqt biz fuqarolarni testdan o‘tkazishni ko‘paytirdik. Aniqlanishning o‘sishi bo‘yicha dinamika kasallik ko‘payganini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmaydi», - deya tushuntirdi u.

Umuman olganda, 12 may holatiga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bo‘yicha 5,8 milliondan ortiq test o‘tkazildi.
Rossiya, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 82
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 2
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 1
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 11
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 22
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 23
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 60
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 48
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 84
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 35
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 33
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 179
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 233
  • Bo‘limlar