“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:44
ЎЗO‘Z

Tojikistonda bir sutkada yana 90 kishida koronavirus aniqlandi, 6 kishi vafot etdi

10 мая, 08:24 4 175 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tojikistonda bir sutkada yana 90 kishida koronavirus aniqlandi, 6 kishi vafot etdi Foto: Asia-Plus
Tojikistonda 8 may kuni kechasi koronavirusga chalinganlar soni 90 kishiga ko‘paydi, bemorlarning 6 nafari vafot etdi, deb xabar bermoqda Asia-Plus mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
Shunday qilib, mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 612 nafarga yetdi, bemorlarning 20 nafari virus qurboni bo‘ldi.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlarida aytilishicha, 9 may kechki payt holatiga ko‘ra, 4 738 kishi tibbiy muassasalarda kuzatuvga olingan. So‘nggi sutkada 452 kishi yotqizilgan. Shuningdek, tibbiy tekshiruvlardan keyin kasalxonalardan 522 kishiga javob berilgan. Bir kun avval bu ko‘rsatkich 420 kishini tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holatlarning qayd etilgani 30 aprelda e’lon qilingan: Sog‘liqni saqlash vazirligi 15 nafar odamning COVID-19’ga chalinganini xabar qilgan. Ularning 10 nafari So‘g‘d viloyatida, 5 nafari esa Dushanbeda ekani aytilgandi.

Avvalroq JSSTning Tojikistondagi vakili o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgandi. U Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari yo‘qligi haqidagi ma’lumotlarni shubha ostiga olmagani uchun keskin tanqidlarga uchragan. Natijada Tojikistonda koronavirus bilan bog‘liq dastlabki holatlar JSSTning Yevropa ofisi missiyasining mamlakatga kelish vaqti bilan bir paytda aniqlandi. Mazkur missiya ayni paytda Tojikistonda bo‘lib turibdi.
Tojikiston, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 121
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 132
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 159
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 175
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar