“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 07:35
ЎЗO‘Z

Tiriklayin ko‘milgan kampir uch kundan so‘ng qabrdan yig‘lab chiqdi (Video)

08 мая, 15:20 17 091 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tiriklayin ko‘milgan kampir uch kundan so‘ng qabrdan yig‘lab chiqdi (Video) Foto: «metro.co.uk»
Xitoyning Shensi provinsiyasida qutqaruvchilar tuproq ostida uch kun qolib ketgan ayolni qabrdan chiqarib olishdi, deya xabar berdi «Metro».
Favqulodda xizmat xodimlari 79 yoshli kampirni chiqarib olishdi. Uni o‘z o‘g‘li tiriklayin ko‘mib tashlagan ekan. Xabarga ko‘ra, nafaqadagi ayol tirik.

Hodisa 5 may kuni ma’lum bo‘ldi. Yo‘qolib qolgan kampirning kelini politsiyaga murojaat qilgan.
Uning aytishicha, eri falajlangan onasini aravaga solib, qayoqqadir olib ketgan. So‘ng yolg‘iz o‘zi qaytgan. Qaynanasi qayerdaligini so‘raganida, eri mashinaga solib, qarindoshinikiga yuborganini aytgan.

Erining gaplariga ishonmagan ayol huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, 57 yoshli Ma onasini qabristondagi tashlandiq go‘rga tashlab, jinoyatini yashirish uchun tuproq bilan ko‘mib yuborgan.

Falajlangan keksa ayol ovqatsiz, suvsiz qabrda uch kechayu uch kunduz qolib ketgan. Qabristonda politsiyachilar ayolning yordam so‘rab ingrayotganini eshitishgan. Ular qabrni kovlab, ayolni chiqarib olishgan. U qiynalib nafas olardi. Keksa ayol tezda shifoxonaga yetkazilgan. O‘g‘li esa hibsga olingan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 144
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 75
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 157
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 28
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 59
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 109
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 113
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 143
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 61
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 102
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 86
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 35
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 68
  • Bo‘limlar