“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:30
ЎЗO‘Z

G‘arb maxsus xizmatlari Xitoyni koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda gumon qilmoqda

03 мая, 11:13 3 223 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
G‘arb maxsus xizmatlari Xitoyni koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirganlikda gumon qilmoqda Foto: AP Photo/Ng Han Guan
Bir nechta g‘arb davlatlari razvedkalari Xitoyni Uhanda koronavirus avj olgani haqidagi ma’lumotlarni uzoq vaqt davomida sir saqlaganlikda va yo‘q qilib yuborganlikda gumon qilmoqda.

Bu haqda Avstraliyaning The Daily Telegraph nashri xabar berdi. Nashrning ta’kidlashicha, u bu borada Avstraliya, Yangi Zelandiya, AQSH, Kanada va Britaniya maxsus xizmatlari tuzgan 15 sahifalik hujjat bilan bir tanishib chiqqan.

Nashrda ma’lum qilinishicha, razvedka xizmatlari ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy rasmiylari yangi virus haqida xabar qilgan shifokorlarni bu haqida og‘iz ochmaslikka majbur qilgan, laboratoriyadan olingan biomateriallarni yo‘q qilgan va zarur ma’lumotlarni vaksina yaratish ustida ishlagan mutaxassislarga bermagan. Bundan tashqari, Xitoy virus insondan insonga o‘tishi haqidagi ma’lumotga 2019 yil dekabr boshidayoq ega bo‘lgan, biroq bu haqida rasman 2020 yil 20 yanvardagina ma’lum qilgan.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, razvedka xizmatlarining virusning kelib chiqishi borasidagi taxminlari turlicha bo‘lgan. AQSH virus Uhandagi laboratoriyadan chiqib ketgani haqidagi taxminni yoqlayotgan vaqtda, Avstraliya razvedkasi Xitoy hukumatining versiyasini haqiqatga mos deb hisoblamoqda.

Avvalroq AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Xitoy hukumati virusning kelib chiqishini aniqlash uchun xorijiy mutaxassislarni Uhandagi laboratoriyaga qo‘yishiga umid qilishini aytgan. AQSHning bir qator nashrlari ta’kidlashicha, virus aynan shu laboratoriyadan tarqalgan bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan koronavirusning laboratoriyada yaratilgani haqidagi taxmin hech qanday asosga emasligini aytgan. U Fox News telekanalining koronavirusning ilk tashuvchisi go‘yoki Uhandagi laboratoriya xodimi bo‘lgani haqidagi maqolasiga shunday izoh bergan.

Bu orada JSST rasmiy vakili Fadela Shaib tashkilot bu masalada “ilmiy ma’lumotlarga tayanishini” va “virus hayvonlardan kelib chiqqan” deb hisoblashini aytgan.
Avvalroq AQSH milliy razvedkasi koronavirus laboratoriyada yaratilmagani va genetik o‘zgartirilmaganini ma’lum qilgandi.
koronavirus, Xitoy, Uhan




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 33
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 197
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar