“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:24
ЎЗO‘Z

Tramp koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillar borligini aytdi

01 мая, 16:08 2 877 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tramp koronavirus laboratoriyada yaratilganini isbotlovchi dalillar borligini aytdi Foto: AP Photo
AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirusning Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan kelib chiqqanidan dalolat beruvchi ma’lumotlarga ega ekanligini bildirdi. Bu haqda u Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

«Ha, bor», — degan u virusning Xitoy laboratoriyasida sun’iy kelib chiqqani to‘g‘risida uning ishonch bilan gapirishiga imkon beruvchi biror ma’lumot bormi, deb so‘ragan jurnalistning savoliga javoban. Shu bilan birga, Tramp Amerika rasmiylari tekshiruv o‘tkazayotganini aytib, bu haqda batafsil ma’lumot berishdan bosh tortgan.

Avvalroq AQSH razvedkasi koronavirusning sun’iy yaratilganini tasdiqlovchi dalillarni topmagani xabar berilgan edi. Amerikaning The Washington Post gazetasi koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki holat haqida yana turli nazariyalar tarqalishining oldini olish maqsadida Xitoy hukumatini birinchi odam kasallanishi shart-sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida AQSH respublikachi-senatori Tom Kotton koronavirusning sun’iy ravishda yaratilganini taxmin qilgan va Xitoyda yagona 4-darajadagi, dunyo bo‘yicha eng xavfli patogen mikroorganizmlar ustida ishlovchi laboratoriya mavjudligini bildirgandi.

Bundan tashqari, Fox News telekanali ham koronavirusning Uxanda laboratoriya sharoitida yaratilganini taxmin qilgan. Telekanal koronavirusning kutilmaganda institut xodimlaridan biri tasodifan infeksiyani yuqtirib olishi oqibatida tarqalib ketgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gipotezani ilgari surgan.

Nobel mukofoti sohibi Lyuk Montane ham virusning Uxandagi laboratoriyada ishlab chiqilgani haqida fikr bildirgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan esa ushbu taxminlarga javoban Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning sun’iy sintez oqibatida paydo bo‘lganligini tasdiqlamaganini qayd etgan. Uxan virusologiya instituti rahbari Yuan Chjimin bugungi kun olimlari yangi turdagi koronavirusdek virusni sun’iy tarzda yaratish uchun yetarli bilimga ega emas, deb aytgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa koronavirus kelib chiqishi hayvonlarga borib taqaladi, deb hisoblamoqda.
koronavirus, dalillar, laboratoriya




Mavzuga oid yangiliklar
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 0
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 136
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 89
  • So'nggi yangiliklar
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 0
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Bo‘limlar