“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 11:28
ЎЗO‘Z

Germaniyada maktablar ochilib, sport tadbirlari davom ettiriladi

01 мая, 15:35 2 630 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Germaniyada maktablar ochilib, sport tadbirlari davom ettiriladi Foto: Getty Images
Germaniyada 6 may kuni maktablarni bosqichma-bosqich ochib, sport tadbirlarini davom ettirish sanasi muhokama qilinadi. Mamlakat hukumati saytida ma’lum qilinishicha, bunday qaror kansler Angela Merkelning mamlakat federal yerlari hukumati rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiyadan so‘ng qabul qilindi.

Bundan tashqari, hukumat bolalar maydonchalari, muzeylar, ko‘rgazma markazlari va galereyalar, hayvonot va botanika bog‘lari, yodgorliklar, diniy tashkilotlarni ochishni rejalashtirmoqda.

Germaniyada keng ko‘lamli ommaviy tadbirlar taqiqlanganligicha qolmoqda. Hukumatga ko‘ra, ularni o‘tkazishni qayta tiklash kamida 31 avgustga qadar qoldirilmoqda. Mamlakatda cheklov choralarini bekor qilish tartibi federal yerlar vakolatidadir.

Aprel oyi o‘rtalarida Germaniya kansleri Angela Merkel kelasi haftadan boshlab mamlakatda e’lon qilingan karantin choralarining qisman yengillashtirilishini bildirgandi. Mamlakatda maydoni 800 kvadrat metrdan katta bo‘lmagan velosiped va kitob do‘konlarining ochilishiga ruxsat etilishi, 4 maydan maktablardagi ta’lim qayta boshlanishi va sartaroshxonalar faoliyati ham tiklanishi aytilgan.

Germaniyada jami 163 009 nafar kishi koronavirus yuqtirib olgan. Mamlakat bu borada dunyoda 5-o‘rinni egallab turibdi. Biroq o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha vaziyat ancha og‘ir, Germaniyada 6 623 kishi COVID-19’dan vafot etgan.
Germaniya, maktab, sport tadbirlari




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 0
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 0
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 3
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 21
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 20
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 8
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 68
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 56
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 31
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 88
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 209
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 121
  • Bo‘limlar