“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 04:14
ЎЗO‘Z

AQSH koronavirus uchun Xitoyni iqtisodiy jazolamoqchi - OAV

01 мая, 10:16 2 549 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH koronavirus uchun Xitoyni iqtisodiy jazolamoqchi - OAV Foto: AFP/Getty Images
AQSH prezidenti ma’muriyati Xitoyni koronavirus haqida haqiqatni yashirgani uchun iqtisodiy usullar bilan jazolash rejasini tuzmoqda. Gap Pekinga nisbatan sanksiyalar kiritilishi bilan bir qatorda ikki davlat o‘rtasidagi savdo shartlarini qat’iylashtirish haqida borishi mumkin. Bu haqda Oq uydagi manbalarga tayanib CNN telekanali xabar berdi.

Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, gap nafaqat Trampning prezident saylovlari arafasida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun javobgarlikni Xitoy zimmasiga yuklashga urinishi haqida bormoqda. Ularning ta’kidlashicha, Vashingtonda Xitoy va boshqa davlatlardan o‘zlarini mas’uliyatli tutish talab qilinmoqchi.

Biz iqtisodiyotni ko‘tarishimiz lozim, shu sababli ehtiyotkorlik bilan harakat qilamiz. Biroq biz xitoyliklarga ularning harakatlari jazolanishi kerakligini tushuntirib qo‘yish yo‘lini topamiz”, deb aytgan manbalardan biri.

Shu bilan birga, Vashingtonda maxsus xizmatlardan koronavirus manbasi Uhandagi laboratoriya ekanligining isbotlarini topishni talab qilgan holda, Xitoyga nisbatan siyosatni qat’iylashtirish uchun sabablar izlanmoqda. Oq uy ma’muriyatida koronavirus avj olishi kasallangan hayvonlar bilan olib borilgan tajribalar oqibati yoki Xitoy hukumati yashirgan, laboratoriyadagi favqulodda vaziyat bo‘lganini bilishmoqchi.

Trampning o‘zi esa 30 aprelda jurnalistlarga AQSH va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi, jumladan, Xitoy hukumatining AQSHga “milliardlab dollar” keltirgan savdo kelishuvi uchun AQSHda kuzda o‘tadigan prezident saylovlarida uning mag‘lub bo‘lishiga intilayotgani sababli yuz berganini aytdi. “Ularga prezident sifatida uyqu bosgan Jo Baydenni ko‘rish foydaliroq, shunda ular Amerika bilan istagan narsalarini qila oladilar”, deb aytgan Tramp.

AQSH hanuzgacha Xitoy hukumatining koronavirus paydo bo‘lishiga biror aloqasi bo‘lganining birorta isbotini keltira olmadi. “O‘ylaymanki, biz buning tagiga yetamiz”, deb aytgan CNN manbasi hozirda koronavirus qayerdan paydo bo‘lganini umuman bilish mumkin-mumkinmasligi haqidagi savolga javoban.

Vaholanki, yil boshida, AQSHda hali koronavirusga chalinish va undan o‘lish holatlari hozirgidek ko‘p bo‘lmaganda, Tramp Xitoy raisi Si Szinpinni Pekinning koronavirusga qarshi amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari uchun maqtagan.
koronavirus, AQSH, Xitoy




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 94
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 263
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 574
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 493
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 40
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 38
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 54
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 52
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 79
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 112
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 50
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 29
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 89
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 161
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 61
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 69
  • Bo‘limlar