“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:31
ЎЗO‘Z

Ramzan Qodirov Chechenistonda karantin cheklovlari yengillashtirilishini ma’lum qildi

28 apr, 10:35 2 097 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ramzan Qodirov Chechenistonda karantin cheklovlari yengillashtirilishini ma’lum qildi Foto: Instagram
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov epidemiologik vaziyat yaxshilansa, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich olib tashlanishini bildirdi. Qodirov bu haqda Instagram’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

«Yig‘ilish davomida qadrli og‘am, tezkor shtab rahbari Magomed Daudovga karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich olib tashlashni ko‘rib chiqish haqida ko‘rsatma berdim», — deb yozgan Qodirov.

«Epidemiologik vaziyat yaxshilansa, ishchi xodimlari kam bo‘lgan kichik biznes sub’ektlari – do‘konlar, texstansiyalar, AYOQSHlarni asta-sekin ochilishiga ruxsat berilishi mumkin», — degan Checheniston rahbari.
Shuningdek, Qodirov barchani «o‘zini yakkalash» tartibiga rioya qilish hamda o‘zi va yaqinlarini ehtiyot qilishga chaqirgan.

21 aprelda federal hududdagi tezkor shtab yig‘ilishida aholi Qodirovdan sartaroshxonalar ochilishiga ruxsat berishini so‘ragandi. U ushbu taklifga javoban erkaklarga sochni qirdirib, kal bo‘lishni maslahat bergan. Majlisdan keyin bir necha soat o‘tgach, «Grozniy TV» telekanalida Checheniston rahbarining sochini kal qilib oldirgani videosi namoyish qilingan.

«Barcha go‘zallik salonlari yopilgan, shu sababli ajdodlarimiz qilgan ishni qildim va sochimni oldirib kal bo‘ldim», — degan Ramzan Qodirov.

Chechenistonda koronavirus tarqalishiga qarshi eng qat’iy cheklov choralari qo‘llanilgan. 3 aprelda Checheniston rahbari odamlar va transport vositalari qatnovini soat 20:00 dan 08:00 ga qadar taqiqladi, faqat maxsus xizmatlar hamda favqulodda holatlar ro‘y bersagina, ushbu cheklov istisno qilinishi mumkin.

Checheniston Rossiya Federatsiyasida koronavirus tufayli restoran, kafe va aholi to‘planadigan boshqa joylarni yopgan birinchi federal hudud bo‘ldi. 28 martda respublika hukumati Chechenistonda harakatlanishni chekladi va poytaxt Grozniyga kirish-chiqishni yopdi, ertasi kuni keskin karantin choralari ko‘rilishi boshlandi. 29 martdan boshlab Checheniston aholisiga oziq-ovqat, dori-darmon olish uchun yoki tibbiy xizmatdan foydalanishdan boshqa maqsadda uylardan chiqish taqiqlandi.

Qodirov turli qarshiliklarga qaramay, 5 apreldan boshlab respublika ma’muriy chegaralarini yopdi. Ertasi kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin alohida federal hududlarda ma’muriy chegaralar yopilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bayon etdi. Hukumat rahbari Vladimir Putinning ayrim hududlarga qo‘shimcha vakolatlar bergani, biroq ular vaziyatga xolis qarab ushbu cheklovlarni, asosan, markazlarda qo‘llashi lozimligini ta’kidlagan.

Checheniston rahbari ushbu tanqidlarga javoban bosh vazirni chalg‘itib qo‘yishganini qayd etgan.

«Agar Mishustin Checheniston Respublikasini nazarda tutgan bo‘lsa, anglashilmovchilik bo‘lib, hukumatga noto‘g‘ri ma’lumot yetkazilibdi. Biz chegaralarni yopish haqida gapirmaganmiz va chegaralardan yuk tranziti transporti, ishlab chiqarish mahsulotlari, medikamentlar, uskunalar olib o‘tish bo‘yicha qatnovlarni cheklamaganmiz, ular logistikaga salbiy ta’sir qilishi mumkin», — deya Telegram’dagi kanalida post yozgandi Qodirov.
Ramzan Qodirov, Checheniston, karantin, koronavirus




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 64
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar