“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 22:39
ЎЗO‘Z

Dmitriy Peskov Putinning virusologga aylanib borayotgani haqida hazil qildi

27 apr, 11:28 2 799 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dmitriy Peskov Putinning virusologga aylanib borayotgani haqida hazil qildi Foto: «Kremlin.ru»
Rossiyada koronavirus epidemiyasi boshlaganidan beri davlat rahbari Vladimir Putin ushbu mavzuga shu qadar chuqur kirib ketdiki, borgan sari ekspert virusolog bo‘lib shakllanmoqda. Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiya 1» telekanali efirida ma’lum qilgan, deb yozmoqda «RBK»ga asosan Daryo.

Peskov Putinning «Rossiyada hamma virusolog» deya hazil qilganini eslatdi. «Shaxsan men Putinning virusologga aylanish yo‘lidan borayotganiga shubha qilmayman», — degan Peskov.

Federal tibbiy-biologik agentligi bolalar ilmiy-klinik markazi direktori Yuriy Lobzin ham Putin bilan suhbatlashganida uning kasallik haqidagi ma’lumotlarni bilishidan hayratga tushganini ta’kidlagan. Lobzinning aytishicha, har qanday professional shifokor ham bunday axborotga ega emas.

Rossiyada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan 7 aprelda o‘tkazilgan yig‘ilishda Putin mamlakatdagi hammani virusologlar deb hisoblashini qayd etgan. Biroq koronavirus bilan bog‘liq vaziyat jiddiyligini inobatga olib birinchi navbatda haqiqiy mutaxassislarning tavsiyalariga quloq solish kerakligiga urg‘u bergandi.

Peskov ham Putinning kelasi haftada COVID-19 epidemiyasi borasida Rossiya fuqarolariga murojaat yo‘llashi mumkinligini inkor etmagan. U prezident mamlakatni bosqichma-bosqich karantin tartibidan chiqarish haqida gapirishi mumkinligini qayd etgan. Matbuot kotibi nima bo‘lgan taqdirda ham cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlanishini ta’kidlagan.
virusolog, koronavirus, Putin




Mavzuga oid yangiliklar
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 143
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 0
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 0
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 3
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 4
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 21
  • Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?» 06 мая, 20:03 91
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 142
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 83
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 64
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 15
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 172
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 88
  • Bo‘limlar