“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 19:28
ЎЗO‘Z

AQSHda koronavirusning biologik qurol sifatida qo‘llanishi ehtimoli o‘rganilmoqda

24 apr, 23:50 2 768 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSHda koronavirusning biologik qurol sifatida qo‘llanishi ehtimoli o‘rganilmoqda Foto: WHO
Amerikalik harbiylar kelgusida terrorchilar koronavirusni qurol sifatida qo‘llay olishi ehtimolini o‘rganmoqdalar.
AQSH harbiy razvedkasi koronavirusning biologik qurol sifatida qo‘llanishi mumkinligini o‘rganmoqda. Bu haqda Politico nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Shu bilan birga Pentagonda bu ular virus laboratoriyada yaratilgani haqidagi taxminga ishonishlarini anglatmasligi, biroq razvedka koronavirus biologik qurol bo‘lishi mumkinligini bilmoqchiligi ta’kidlab o‘tilgan.

Virus o‘z tabiiy holatida texnik jihatdan kamroq rivojlangan guruhlar tomonidan qo‘llanishi yoki biologik qurol bo‘yicha ilg‘or dasturlarga ega davlatlar uning ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishi mumkin”, deb aytgan AQSH mudofaa vazirining yadroviy, kimyoviy va biologik himoya dasturlari bo‘yicha sobiq yordamchisi Endi Veber.

Boshqa manbaning ta’kidlashicha, dushman tabiiy yo‘l bilan kimnidir zararlashi, bu odam esa uni “kerakli joyda” tarqatishi mumkin.
Bioterrorchilik nuqtai nazaridan koronavirus juda ochiq. Uning namunalari butun dunyoda mavjud”, deb aytgan Veber.

Biohimoya bo‘yicha mutaxassislar esa koronavirus o‘ta yuquvchanligi sababli uni tarqatishga urinadigan har qanday guruhga salbiy oqibatlar olib kelishi sababli qurolga aylanishi dargumonligini aytishmoqda. Biroq Federal qidiruvlar byurosi ekstremistik guruhlar a’zolari bir-birlarini virusga chalingudek bo‘lsalar, uni tarqatishga chaqirayotgan holatlarni qayd qilmoqda.

Avvalroq Fox News telekanali koronavirus Uhandagi laboratoriyada yaratilganini ma’lum qilgandi. Telekanalning ta’kidlashicha, go‘yoki Xitoy virusni yaratib, “o‘zining virusga qarshi kurashdagi imkoniyatlari AQSH va boshqa davlatlarikidan qanchalik ustunligini qo‘rsatmoqchi bo‘lgan”.

Bungacha olimlar xalqaro guruhi koronavirus laboratoriyada yaratilgan virus emasligi, balki tabiiy yo‘l bilan vujudga kelgani haqidagi xulosaga kelishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 68
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 296
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 327
  • So'nggi yangiliklar
  • Sankt-Peterburgda 24 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi 27 apr, 18:37 1
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 0
  • Jasurbek Jaloliddinov: "Bugun maydonda qo‘rqqan jamoa yutqazdi" 27 apr, 17:52 1
  • Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi: " Bu bizga yaxshi tajriba bo‘ldi va uning samarasini Jahon chempionatida ko‘rsatamiz" 27 apr, 17:30 15
  • Xose Venansio Lopes: "Ushbu Osiyo kubogidan mamnunman" 27 apr, 17:22 17
  • Saudiya Arabistoni U-23 bosh murabbiyi: "Shogirdimning chetlatilishiga O‘zbekiston terma jamoasining taktikasi sabab bo‘ldi" 27 apr, 17:19 39
  • Vohid Shamsai: "O‘zbekiston Osiyoda bizga eng yaqin va eng qiyin raqiblardan biri ekanligini amalda ko‘rsatdi" 27 apr, 17:11 27
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 15
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 37
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 19
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 53
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 156
  • Bo‘limlar