“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 04:41
ЎЗO‘Z

Jo Bayden: «Ko‘rasiz, Tramp saylovni kechiktirishga urinadi»

24 apr, 22:30 2 802 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Jo Bayden: «Ko‘rasiz, Tramp saylovni kechiktirishga urinadi» Foto: NBC
AQSH prezidentligiga demokratik partiyadan nomzod bo‘lgan Jo Bayden amaldagi prezident Donald Tramp noyabrdagi saylovlarni kechiktirishga urinishini aytdi. Baydenning fikricha, respublikachilar yetakchisi saylovda g‘olib chiqish imkoniyatlarini oshirish maqsadida shunday yo‘l tutishi mumkin.

«Ko‘rasiz, Tramp saylovlarni qoldirishga urinib ko‘radi. Saylovlar nega o‘tkazilmasligini izohlash uchun sabablar ham keltiradi. So‘zlarimni eslab qoling», deb Baydenning so‘zlarini keltirgan SBC.

Bayden saylovdagi raqibi Trampni tanqid qilar ekan uning AQSH pochta xizmatiga yordam berishni xohlamagani uchun aybladi. 10 aprel kuni AQSH pochta xizmati hukumatga yordam so‘rab murojaat qilgan, ammo Tramp tashkilotga yordam berish shart emas deb hisoblagan.

Mamlakatdagi aksilinqiroz dasturi uchun ajratilgan 2,2 trillion dollardan bir dollari ham federal pochta xizmatiga yordam uchun berilmagan. Bayden Trampning bu qarorini «Amerikaga xos bo‘lmagan» deb baholadi.

Barak Obama vaqtida AQSH vitse-prezidenti bo‘lgan Jo Bayden prezidentlik saylovlarida demokratlarning asosiy nomzodi bo‘lishi deyarli aniq. Avgustda partiya uni yagona nomzod sifatida e’lon qilsa, Bayden 3 noyabrdagi saylovlarda amaldagi prezident respublikachi Donald Tramp bilan kurashadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 251
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 162
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar