“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 07:21
ЎЗO‘Z

«Barchasi tugagach, dunyo normal ahvolga qaytmaydi»: Durov izolyatsiya rejimidan foyda chiqarishga chaqirdi

22 apr, 09:53 2 553 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Barchasi tugagach, dunyo normal ahvolga qaytmaydi»: Durov izolyatsiya rejimidan foyda chiqarishga chaqirdi Pavel Durov. Foto: Forbes
Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan o‘zini izolyatsiyalash choralari insonlarga vaqtlarini «o‘zining eng yaxshi versiyasi»ni yaratish uchun sarflash imkoniyati beradi, deb yozgan o‘zining Telegram kanalida milliarder, «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i hamda Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov. Uning qayd etishicha, ilg‘or texnologiyalarga virus «insoniyatga o‘z qadr-qiymatini isbotlash» imkoniyatini taqdim etadi.

«Hozirgi pandemiya — odamzod uchun tahdid. U tugagach, dunyo normal holatga qaytmaydi. Ehtimol, biz butun avlodlarni qamrab oluvchi sivilizatsion siljish guvohi bo‘larmiz. Endi tug‘ilay deb turgan yangi dunyo ortda qoladigan eskisidan yaxshiroq bo‘lishi bizning qo‘limizda», — deb yozgan Telegram asoschisi.

Bu oy messenjer 17 davlatning sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan yuritilayotgan 17 ta rasmiy kanallarini ilgari surish bilan shug‘ullandi, deb yozadi Durov. Uning tan olishicha, Telegram’ni mansabdorlar bilan hamkorlik qiluvchi kompaniya deb atash qiyin, lekin bu holatda istisnoga yo‘l qo‘yishga qaror qilingan.

Tahlilchilar koronavirus pandemiyasi fondi Telegram messenjerining mashhurligi ortganini qayd qilishgan.

Paydo bo‘lgan vaziyatda Telegram «olg‘a intilishning yangi yo‘llarini izlash» uchun qo‘lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, deya ta’kidlagan Durov. «Shu sababli informatsion qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda biz cheklov choralari sharoitida ta’lim muammolarini yechishga ham o‘z hissamizni qo‘shishga harakat qilamiz», — degan u.

U shuningdek, kasallikka qarshi kurashishga yo‘naltirilgan bir necha boshqa loyihalarni ham e’lon qilgan. Durov «yaqin bir necha kun ichida» ko‘proq axborot berilishini va’da qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 1
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 0
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 0
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 7
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 12
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 215
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 66
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 119
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Bo‘limlar