“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 14:21
ЎЗO‘Z

JSST koronavirusning kelib chiqish manbasini ma’lum qildi

21 apr, 20:22 5 445 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST koronavirusning kelib chiqish manbasini ma’lum qildi Foto: REUTERS/Denis Balibouse
2008 yilda tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan fransuz shifokori Lyuk Montane koronavirusning yangi turi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyada ishlab chiqarilgan degan fikrni aytgandi.

Dunyo bo‘yicha 2,4 milliondan ortiq kishiga yuqqan SARS-CoV-2 koronavirusining kelib chiqishi hayvonga borib taqaladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari ana shunday xulosaga keldi, deb xabar berdi Reuters.

«Mavjud barcha ma’lumotlar virus hayvondan kelib chiqqanini va sun’iy ravishda yaratilmaganini tasdiqlamoqda», — dedi JSST spikeri Fadela Chaib.
Uning aytishicha, infeksiya qanday qilib turlar o‘rtasidagi to‘siqdan o‘tgani va odamlarga yuqqani hozircha noma’lum.

17 aprel kuni AQSH razvedkasi infeksiya Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risidagi taxminni tekshirayotgani xabar qilingandi.
Koronavirus yuqtirgan ilk inson Uhandagi virusologiya instituti laboratoriyasida ishlagani haqida Fox News xabar bergandi. Britaniyaning Daily Mail nashri ham ana shu taxminni ilgari surdi.

Shuningdek, 2008 yilda tibbiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan fransuz shifokori Lyuk Montane ham koronavirusning yangi turi Xitoyning Uhan shahridagi laboratoriyada ishlab chiqarilgan degan fikrni aytdi.

Shu bilan birga, Avstraliya hukumati Uhanda koronavirus paydo bo‘lishi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishga chaqirdi.
Xitoy koronavirus laboratoriyada yaratilgani to‘g‘risidagi barcha mish-mishlarni rad etdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 178
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 147
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 139
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 167
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 183
  • So'nggi yangiliklar
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 5
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 6
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 6
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 42
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 66
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 156
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 65
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 168
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 83
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 62
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 39
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 66
  • Bo‘limlar