“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:41
ЎЗO‘Z

Uxandagi virusologlar koronavirusning sun’iy ravishda yaratilgani haqidagi xabarlarga javob qaytardi

20 apr, 09:09 3 338 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Uxandagi virusologlar koronavirusning sun’iy ravishda yaratilgani haqidagi xabarlarga javob qaytardi Foto: Reuters
Bugungi kun olimlari yangi turdagi koronavirusdek virusni sun’iy tarzda yaratish uchun yetarli bilimga ega emas. Bu haqda Uxan virusologiya instituti rahbari Yuan Chjimin ma’lum qildi, deb yozmoqda CGTN'ga tayanib Daryo nashri.

«Men hech qachon insoniyatning hozir bu kabi virusni yarata oladigan salohiyatga yetganiga ishonmayman», — degan Chjimin. Uning so‘rlariga ko‘ra, koronavirusning laboratoriya sharoitida yaratilgani yuzasidan hech qanday dalil va asos yo‘q.

«Ancha avval ham virusning Xitoydan atayin tarqatilmagani haqida gapirganmiz. Institut mutaxassislari tajribalar tartibi qanday ekani va namunalar bilan ishlashda qanday tartiblarga rioya qilish kerakligini yaxshi biladi», — deya ta’kidlagan virusolog.

Yanvar oyi oxirida AQSH respublikachi-senatori Tom Kotton koronavirusning sun’iy ravishda yaratilganini taxmin qilgan va Uxanda XXRda yagona 4-darajadagi, dunyo bo‘yicha eng xavfli patogen mirkoorganizmlar ustida ishlovchi superlaboratoriya mavjudligini bildirgandi. Bundan tashqari Fox News telekanali ham koronavirusning Uxanda laborator sharoitda yaratilganini taxmin qilgan. Telekanal koronavirusning kutilmaganda institut xodimlaridan biri tasodifan infeksiyani yuqtirib olishi oqibatida tarqalib ketgani bo‘lishi mumkinligi haqidagi gipotezani ilgari surgan.

XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan esa ushbu taxminlarga javoban Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusning sun’iy sintez oqibatida paydo bo‘lganligini tasdiqlamaganini qayd etgan. Diplomatning aytishicha, tashkilot ekspertlari infeksiyaning odam tomonidan laborator sharoitda yaratilgani yuzasidan dalillar topmagan.

Avvalroq fransiyalik virusolog, Nobel mukofoti sohibi Lyuk Montane ham virusning Uxandagi laboratoriyada ishlab chiqilgani haqida fikr bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusning bozordagi yovvoyi hayvonlardan tarqalgani haqidagi taxmin chiroyli afsona va bu ilojsiz narsa, «Virus Uxandagi laboratoriyadan chiqqan», — degan u.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 2
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 8
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 50
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar