“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 21:36
ЎЗO‘Z

Turkiya may oyi oxirida sayyohlik mavsumini boshlamoqchi

19 apr, 08:21 2 268 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya may oyi oxirida sayyohlik mavsumini boshlamoqchi Foto: Reuters
Turkiya may oyi oxirida sayyohlik mavsumini boshlashi mumkin. Bu haqda mamlakat madaniyat va sayyohlik vaziri Mehmet Nuri Ersoy Turkiya telekanali efirida aytgan. Uning taxminicha, mamlakatda aprel oyining oxirida koronavirus chekina boshlaydi va may oyi oxiriga kelib turizm mavsumini ochish mumkin.

«Jamiyatda tartib intizom mana shu tarzda ushlab turilsa, may oyining oxiriga borib ichki turizm bilan mavsum boshlanishi mumkin», deb Mehmet Nuri Ersoyning so‘zlarini keltirmoqda Turkiya turizm vazirligi rasmiy tvitteri.

Vazirning taxminicha, turizm mavsumi ochilishi bilan Turkiyaga birinchilardan bo‘lib koronavirus yo‘qolgan Osiyo mamlakatlaridan sayyohlar tashrif buyura boshlaydi. Oldinroq Turkiya dunyo sayyohlari uchun o‘z eshiklarini kamida avgustda ochishi mumkinligi aytilgandi. Ayni damda turizm vazirligi avvalo ichki turizmni tiklash haqida o‘ylamoqda.

Dunyoning ko‘plab turfirmalari Turkiyaga sayohat uchun o‘tgan yil dekabrdayoq sotib olingan turlarni bahor-yoz tizimida tiklash bo‘yicha taklif bergan, biroq bu borada aniq javob berilmagan. Turkiya aviaqatnovlarni iyun oyidan avval tiklamoqchi emas. Ta’kidlash kerak, aynan bahor-yoz oralig‘i Turkiyada sayyohlik mavsumi uchun eng tirband davr hisoblanadi.

Turkiya iqtisodiyotining juda katta qismi aynan sayyohlik hisobidan to‘ldiriladi. Mamlakatga yiliga 41-45 million atrofida xorijiy sayyoh tashrif buyurib, ular Turkiya g‘aznasiga har yili o‘rtacha 29-34 milliard dollar foyda keltiradi. YAIM bo‘yicha dunyoda 16-o‘rinda turadigan (774 milliard dollar) Turkiya sayyohlar tashrifi bo‘yicha dunyoda 6-o‘rinda. Turkiyadagi «Istanbul» xalqaro aeroporti dunyodagi eng yiriklaridan bo‘lib yiliga 200 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat qiladi.

Hozirgacha Turkiyada koronavirus yuqtirganlar soni 82 mingdan oshib ketdi. Kasallik 1 900 ga yaqin turkiyalikning o‘limiga sabab bo‘lgan. Turkiya kasallanganlar soni bo‘yicha Eronni ortda qoldirdi va yaqin kunlarda Xitoydan ham o‘tib ketib fuqarolari koronavirus bilan kasallangan davlatlar orasida 7-o‘ringa ko‘tarilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 1
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 96
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 3
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 35
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 36
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 15
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 22
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 95
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 28
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 113
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 38
  • Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi 28 apr, 16:33 147
  • O‘zbekistonning eksport va importida yuqori ulushga ega davlatlar ma’lum qilindi 28 apr, 16:06 41
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 60
  • Bo‘limlar