“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:44
ЎЗO‘Z

Koronavirusga chalingan ilk bemor Uxandagi laboratoriya xodimi ekanligi ma’lum qilindi

16 apr, 15:26 4 192 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusga chalingan ilk bemor Uxandagi laboratoriya xodimi ekanligi ma’lum qilindi Foto: whiov.cas.cn
Xitoyning Uxan shahrida koronavirus bilan kasallangan birinchi odam laboratoriya xodimi bo‘lib, u virusni ko‘rshapalakdan yuqtirgan, deb xabar bermoqda Amerikaning Fox News telekanali.

«Biz COVID-2019 bilan dastlabki kasallangan bemor Uxandagi ilmiy laboratoriya xodimi ekanligini aniqladik. U virusni ko‘rshapalakdan yuqtirgan. Keyinchalik aynan shu shaxs butun dunyo bo‘ylab odamlar o‘limiga sabab bo‘layotgan infeksiya tashuvchisi bo‘lgan», — deyiladi telekanalning 15 aprel kuni namoyish etilgan efirida. Biroq xodim virusni qanday yuqtirib olganiga aniqlik kiritilmagan.

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu laboratoriyaning maqsadi biologik qurol yaratish emas, balki Xitoyning virusni aniqlash va unga qarshi kurashish choralari AQSHniki bilan teng yoki undan ustun ekanligini ko‘rsatish bo‘lgan.

Shuningdek, virus tarqalishi manbasi deb taxmin qilib kelinayotgan Uxandagi dengiz mahsulotlari sotiladigan bozorda esa hech qachon ko‘rshapalaklar sotilmagani aytilmoqda.

Avvalroq, Xitoy Tashqi ishlar vakili Chjao Litszyan koronavirusni Uxanga amerikalik harbiylar olib kelgan bo‘lishi mumkin degan fikrni bildirgan edi. U bu taxminni AQSH kasalliklarni oldini olish markazi rahbari Robert Redfild Vakillar palatasida so‘zlagan nutqiga asoslanib aytgandi. Robert Redfild o‘z nutqida grippdan vafot etgan bir necha amerikaliklarning jasadlari tekshirilganda ularning tanasida koronavirus topilganini aytgan.

Tramp Xitoyning koronavirus AQSH harbiylari tomonidan tarqalgani to‘g‘risidagi taxminini yolg‘on deb atagan. Shuningdek, Xitoyda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat dekabr oyida emas, 17 noyabrda aniqlangani ma’lum bo‘lgan.

Pentagon COVID-19 koronavirusi laboratoriya sharoitida emas, tabiiy usulda kelib chiqqan deb hisoblamoqda, ammo razvedkada bu borada yakuniy xulosalar yo‘q edi. AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo kelajakda koronavirus pandemiyasining aybdorlari topilishi kerakligini va Xitoy ushbu kasallik haqida vaqtida xabar bermaganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirus infeksiyasi dastlab Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. Joriy yilning 11 mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e’lon qilgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 2 million kishidan, vafot etganlar soni 137 ming kishidan oshdi. Bu borada AQSHda eng og‘ir vaziyat hukm surmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 639 ming kishidan, qurbonlari soni esa 30 ming kishidan oshib ketdi.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 1349 kishiga yetdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 33
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 197
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar