“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 23:22
ЎЗO‘Z

AQSH Davlat kotibi koronavirus tarqalishida bosh aybdor kimligini aytdi

14 apr, 17:55 5 675 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH Davlat kotibi koronavirus tarqalishida bosh aybdor kimligini aytdi Foto:«Getty Images»
AQSH Davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoy rahbariyatini koronavirus epidemiyasi xususidagi haqqoniy ma’lumotlarni yashirganlikda aybladi.
«Afsuski, dastlab Xitoyning Uxanida tarqalgan ushbu virus haqida, epidemiya haqida tez fursatda xabardor bo‘linmadi. Negaki, Xitoy hukumati, Xitoy kommunistik partiyasi bu boradagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida taqdim etmadi. Eng achinarlisi, buning oqibatida dunyo bo‘ylab real tahdid yuzaga keldi», – dedi AQSH bosh diplomati Germaniyaning Bild nashriga bergan intervyusida.

M.Pompeo, ayni choqda, infeksiya dunyo, alalxusus, AQSH bo‘ylab tarqalgani uchun aybdorlar jazolanishi, yetkazilgan zarar undirilishini qayd etgan.
Qo‘shma Shtatlar SOVID-19 infeksiyasidan eng ko‘p jabr ko‘rayotgan mamlakat bo‘lib turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatda virus yuqtirganlar soni 587 ming, o‘lim holati esa 23600 dan oshib ketdi.

Davlat kotibiga ko‘ra, hozircha Qo‘shma Shtatlar bor kuch va diqqatini shiddat bilan tarqalayotgan koronavirus pandemiyasini yengishga yo‘naltiradi. Xavf ortda qolgach esa, ushbu global hodisaning sabab-ildizlarini jiddiy taftish etiladi.

Kuni kecha Buyuk Britaniya parlamenti a’zolari ham shunga hamohang ayblov bilan chiqqan, koronavirus ofati bartaraf etilgach, rasmiy Pekin bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan edi. Daily Express nashri xabariga ko‘ra, qirollikda o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov qatnashchilarining 55 foizi epidemiya tarqalishida Xitoy rasmiylarini aybdor sanagan.

Koronavirus pandemiyasi yuzaga kelganidan buyon G‘arb mamlakatlari, xususan, AQSH va Xitoy o‘rtasidagi shundoq ham murakkab munosabatlar yanada taranglashdi.
Bundan avvalroq Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan koronavirus Uxanda AQSH harbiylari tomonidan atayin tarqatilganini iddao qilgan edi.

Diplomatning diplomatiya qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan ushbu da’vosi Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida go‘yo qanot bog‘lab uchdi va shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. AQSH Davlat departamenti Xitoy elchisini suhbatga chaqirib, mas’uliyatsizlarcha berilgan bayonot borasida izoh talab qildi.

Xitoy hukumatiga qarashli Global Times gazetasi esa koronavirus Pentagon tomonidan tarqatilgani haqidagi fitna nazariyasini «isbotlash»ga urindi.

Uxanda noma’lum xastalik 2019 yil dekabr (ayrim manbalarga ko‘ra, noyabr) oyida qayd etilgan. Xitoy rasmiylari esa yangi epidemiya haqida 2020 yil 20 yanvarda ma’lum qilgan. Fevral oyi o‘rtalariga qadar ushbu virus asosan Xitoy bo‘ylab yoyilgan. Keyin esa u vabo kabi butun dunyoga tarqaldi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yil 11 mart kuni koronavirus tarqalishi hodisasini pandemiya deya e’lon qildi. Cayyoramiz bo‘yicha ushbu infeksiyaga chalinganlar soni 2 millionga yaqinlashib qoldi.

S.Salim




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 0
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 1
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 4
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 15
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 0
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 0
  • Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida 03 мая, 22:29 0
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 2
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 7
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Bo‘limlar