“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 21:37
ЎЗO‘Z

AQSH prezidentligiga nomzod Jo Baydenning sobiq xodimasi uni jinsiy tegajog‘likda aybladi

13 apr, 20:21 2 935 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH prezidentligiga nomzod Jo Baydenning sobiq xodimasi uni jinsiy tegajog‘likda aybladi Foto: AP
AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Baydenning sobiq xodimasi Tara Rid siyosatchini jinsiy tegajog‘likda aybladi. Siyosatchining saylovoldi shtabi bu ayblovni rad etdi. Bu haqda Meduza'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Baydenning saylovoldi kampaniyasida kommunikatsiyalar bo‘yicha direktor Keyt Bedingfeldning ma’lum qilishicha, bunday bayonotlar mustaqil matbuot tomonidan puxta o‘rganilishi kerak. Qayd etilishicha, bu bayonot haqiqat emas, bu holat hech qachon yuz bermagan.

Tara Rid 25 martdan boshlab bir nechta intervyu bergan hamda ularda Jo Bayden unga nisbatan 1993 yilda, qisqa vaqt davomida siyosatchining Senatdagi ofisida yordamchi bo‘lib ishlagan vaqtida tegajog‘lik qilganligini aytgan. Rid 9 aprel kuni politsiyaga murojaat qilgan va ismi ma’lum qilinmagan shaxs tomonidan uning jinsiy daxlsizligiga qilingan tajovuz qurboni bo‘lganini bildirgan. Tara Rid tomonidan berilgan arizada Jo Baydenning ismi ko‘rsatilmagan, biroq ayol gap aynan Bayden haqida ketayotganini aytgan.

Tara Ridning ta’kidlashicha, uning rahbari Baydenga sport sumkasini olib borishni so‘ragan, Rid sumkani olib borganda, Bayden uni devorga siqib, tegajog‘lik qilgan. Ridning aytishicha, u mazkur voqeadan so‘ng, jinsiy tegajog‘lik qurboni bo‘lgani haqida o‘zidan yuqori turuvchi xodimlarga aytgan.

Siyosatchining ofisida Rid bilan bir davrda ishlagan kishilarning ma’lum qilishicha, ular Bayden tomonidan Tara Rid yoki boshqa ayollarga nisbatan bunday harakatlar bo‘lganini eslay olmaydi.

Tara Rid 2019 yilda Jo Baydenni jinsiy tegajog‘likda ayblagan sakkiz nafar ayolning biri bo‘lgan. Tara Ridning aytgan so‘zlariga ko‘ra, Bayden ko‘pchilikning oldida uning bo‘yniga qaragan, sochlarini ushlagan va ayolning o‘zini noqulay sezishiga sababchi bo‘lgan. Biroq Rid jinsiy daxlsizlikka qilingan tajovuz qurboni bo‘lgani haqida gapirmagan.

77 yoshli Jo Bayden AQSH prezidentligiga Demokratlar partiyasidan yagona nomzod sanaladi. Uning nomzodi 2020 yil avgust oyida partiya sezdida rasman ilgari surilishi rejalashtirilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 309
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 0
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 0
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 0
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 4
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 10
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 33
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 41
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 141
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 34
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 62
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 38
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 238
  • Bo‘limlar