“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:02
ЎЗO‘Z

Koronavirus qanday jilovlandi? Pandemiya Janubiy Koreya misolida

12 apr, 14:39 2 804 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirus qanday jilovlandi? Pandemiya Janubiy Koreya misolida Foto: AiF
O‘z vaqtida Janubiy Koreya Xitoydan keyingi o‘rinda turuvchi eng yirik virus o‘chog‘i deb belgilangan edi. Fevral oyining oxirida virus yuqtirgan supertarqatuvchi (31-bemor) hisobiga virus o‘sha vaqtda Janubiy Koreyada birdaniga keskin oshib ketgandi. Buni quyidagi epidemiya gistogrammasidan ham ko‘rsangiz bo‘ladi.

2 mart kuni mamlakatda epidemiyaning eng cho‘qqisiga chiqqani qayd qilingan. Mart oyining yarmiga kelib epidemiya to‘lqini sezilarli ravishda pastlagan. Ikki haftada epidemiyani bunday muvaffaqiyatli tarzda jilovlash quyidagi uch omilga bog‘liq bo‘ldi deb hisoblayman:

1) Mamlakat tomonidan kasallanganlarni zudlik bilan karantin hududiga qamrab olish;
2) Kasallanganlar, ular kontaktga kirishganlar, kontaktga kirishganlar bilan kontaktda bo‘lganlarni testdan o‘tkazish;
3) Aholining karantin qoidalariga amal qilishi.

Mana shu uch jihatni mamlakat juda tez amalga oshirdi va epidemiya to‘lqini jilovini o‘z qo‘liga ola bildi. Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash tizimi epidemiya avj olishni boshlashi bilan bir vaqtning o‘zida ko‘p odamni testdan o‘tkazishi ularning eng katta yutug‘i bo‘ldi. Ular ayni kungacha yarim milliondan ortiq odamni testdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘lishdi. Mana shu bois ham Janubiy Koreyadagi virus yuqtirganlar soni 10 mingta atrofida bo‘lib turibdi. Juda ko‘p davlatlar, jumladan, AQSH, Italiya, Ispaniya, Germaniya, Fransiya kabi davlatlar ham o‘z vaqtida bu usuldan foydalanganda edi, bu qadar ko‘p virus yuqtirganlar bo‘lmasdi. Ular ommaviy test o‘tkazishda ancha kech harakat qilishdi.

Xo‘sh nega unda hozir ham Janubiy Koreyada epidemiya davom etmoqda?
Haqiqatan ham, so‘nggi 10 kundan beri har kuni mamlakatda 27-94 oralig‘ida yangi holatlar qayd etib turilibdi. Bu holatni ham ikki xil izohlash mumkin:

1) Immuniteti kuchlilarda virusning inkubatsion davri uzoq davom etadi yoki ba’zan kasallik hech qanday simptomsiz kechadi, mana shunday holatdagi kishilar virus yuqtirishda davom etmoqda.
2) Karantin qoidalari nisbatan yumshagan va odamlar erkin harakatlanish, o‘zaro jismoniy masofa saqlashga to‘liq rioya qilmayapti.

Har ikki holatda ham Janubiy Koreyada ahvol kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Ayni vaqtda mamlakatda umumiy virus yuqtirgani tasdiqlanganlar soni 10 480 nafarni, undan batamom tuzalib ketganlar 7 243 nafarni, vafot etganlar 211 nafarni (2,01%) tashkil etmoqda. 14 070 nafar kishi esa virus yuqtirgani ehtmoli bilan karantin hududida qolmoqda. Mening taxminimcha yozga bormasdan ushbu mamlakat Xitoy kabi epidemiyani ortda qoldiradi. Koreyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga o‘zingizni asrang, deb qolaman. Koreys shifokorlarining jasorati va harakatlariga esa tasanno aytmasdan iloj yo‘q.

Baxtiyor Sheraliyev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 0
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 236
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Bo‘limlar