“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 03:46
ЎЗO‘Z

Belarusda koronavirus bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 301 nafarga yetdi

12 apr, 12:50 2 738 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Belarusda koronavirus bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 301 nafarga yetdi Foto: «TASS»
Belarusda yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan tibbiyot xodimlari soni 301 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Vladimir Karanikka tayanib, «RBK»ga tayanib Daryo xabar berdi.

Karanikning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan tibbiyot xodimlarining aksariyati Minskda, shuningdek, Minsk va Vitebsk viloyatlarida. Vazirning ta’kidlashicha, kasallik tibbiyot xodimlarining ko‘p qismida belgilarsiz o‘tmoqda, ularning hech biri sun’iy nafas oldirish apparatiga ulanmagan.

Belarus Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 2226 kishida COVID-19 aniqlangan bo‘lib, 23 kishi vafot etgan. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 245 kishida koronavirus aniqlangan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining respublikadagi missiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Belarusda kasallar soni keskin ortib ketishi mumkin. Uning ta’kidlashicha, Belarus «koronavirus tarqalishi evolyutsiyasida yangi bosqichga o‘tmoqda». Shu sababli u mamlakat hukumatini infeksiya tarqalishini kamaytirish maqsadida qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqirdi.

Karanikning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda karantin kabi keskin cheklov choralarini joriy etish uchun aniq mezonlar mavjud emas. «Agarda biz ijtimoiy masofalanishni tashkillashtira olsak, u holda buni amalga oshirishimiz darkor. Va bu birinchi navbatda barchamizga bog‘liq: tavsiyalarga qanday amal qilishimizga bog‘liq», — deydi vazir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • Isroil havo kuchlari Livanga 30 dan ortiq havo zarbalari berdi 08 мая, 20:58 87
  • Litva Ukrainaga qo‘shin yuborishga tayyorligini ma’lum qildi 08 мая, 20:53 239
  • Zelenskiy G‘arbga murojaat qildi 08 мая, 19:00 544
  • Rogov: Xorijiy yollanma askarlar Ukraina uchun jang qilishdan bosh tortmoqda 08 мая, 18:34 471
  • Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi 08 мая, 17:51 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar