“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:24
ЎЗO‘Z

Epidemiolog: koronavirusning belgisiz tashuvchilari ham bor

10 apr, 22:35 3 633 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Epidemiolog: koronavirusning belgisiz tashuvchilari ham bor Foto: «Yandex.ru»
Koronavirusning alomatsiz tashuvchilari aksar hollarda yuqumli bo‘ladi, shu bois ularga ham alohida e’tibor qaratish kerak, deydi XXR sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi maxsus ekspert komissiyasi rahbari, yetakchi epidemiolog Chjun Nanshan.

«Xitoy chetdan kelayotgan COVID-19 ning, ayniqsa, alomatsiz holatlariga jiddiy ahamiyat bermoqda», — deydi Chjun Nanshan Janubiy Koreyadagi hamkasblari bilan o‘tkazilgan onlayn-konsultatsiya chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, belgisiz tashuvchilar osmondan tushgani yo‘q. Ular asosan koronavirusga chalingan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan yoki epidemiologik vaziyat og‘ir hisoblangan hududlardan kelishgan.
«Bunday odamlar virus tashuvchisi sanaladi va ularning aksariyati yuqumlidir», — deydi epidemiolog.

«RIA Novosti»ning yozishicha, Xitoy 1 apreldan alomatsiz tashuvchilar umumiy statistikaga kiritilmayotganidan xavotirga tushgan keng jamoatchilik bosimi ostida koronavirusning belgisiz holatlari haqida ma’lumotlar chop eta boshladi.
Oxirgi kunlarda Xitoyda 47 ta shunday holat aniqlangan bo‘lib, ulardan 14 nafari chetdan kirib kelgan.

Xabarlarga ko‘ra, o‘tgan bir kecha-kunduzda koronavirusga topshirilgan test natijalari musbat chiqqaniga qaramay, kasallikka xos alomatlar kuzatilmagani uchun 40 kishi karantindan chiqarilgan. Ayni vaqtda alomatlari bo‘lmagan, lekin kasallikka chalingan yana 1097 nafar kishi tibbiy kuzatuv ostida qolmoqda. O‘tgan bir kecha-kunduzda 14 kishi alomatsiz holatdan tasdiqlanganlar safiga kiritilgan.

Hukumat sal avvalroq laboratoriya test natijalari musbat chiqqan, lekin xastalikning klinik alomatlari bo‘lmagan bemorlarni koronavirusga chalinganligi tasdiqlanganlar orasiga qo‘shmasligi, chunki ular kasallikni tarqatmasligini ma’lum qilgandi. Ekspertlar fikricha, infeksiya yuqishiga asoslanilganda, koronavirusni yuqtirgan alomatsiz bemorlar ham patogen ajratishi mumkin. Faqat ularda yo‘tal va aksirish kabi belgilar yo‘qligi bois tanadan patogen ajralishi va infeksiyaning tarqalish ehtimoli kam bo‘ladi.

Shunga qaramay, dardi alomatsiz kechayotgan bemorlar ham 14 kunga karantinga joylanishi zarur, chunki ular baribir boshqalarga virusni yuqtirishi mumkin, deydi mutaxassis.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 104
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar