“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:38
ЎЗO‘Z

Koronavirusni 48 soatda o‘ldiradigan dori — qanchalik haqiqat?

09 apr, 14:55 4 575 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Koronavirusni 48 soatda o‘ldiradigan dori — qanchalik haqiqat? Foto: AP Photo/Gerald Herbert
Avstraliyalik olimlar (Melburndagi Monash davlat universiteti) parazitlarga qarshi qo‘llanadigan ivermektin dorisi bilan laboratoriya sharoitida koronavirusni rivojlanishdan to‘xtata olishdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati «Antiviral Research» ilmiy jurnalidagi maqolaga havola bilan xabar berdi.

Melburndagi Qirollik shifoxonasida o‘tkazilgan laboratoriya sinovlarida antiparazitik ivermektin dorisi SARS-CoV-2 virusining hujayrada o‘sishini to‘xtatishiga 48 soat ketgan.

Doktor Kayli Vagstaff. Foto: «Monash.edu»
«Hatto hujayralar uchun zaharli bo‘lmagan bitta doza (dori) 48 soat ichida virus RNKsini to‘liq — 99,98 foiz buzishini hamda 24 soat ichida muhitda virus to‘planishini sezilarli kamaytirishini aniqladik», — dedi tadqiqot yetakchi muallifi, Monash universiteti Biotibbiyot maktabi doktori Kayli Vagstaff.

U ta’kidlaydiki, dori hozircha laboratoriya sharoitida samara berdi, endi klinik sinovlardan o‘tishi kerak.
«Hozir butun dunyoda keng qo‘llanilayotgan ivermektin — xavfsiz dori, biroq inson uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan doza samara beradimi (koronavirusga qarshi)? Buni aniqlash keyingi qadam bo‘ladi», — ta’kidlaydi doktor Vagstaff.

Ivermektin qanday qilib koronavirusga ta’sir qilishi ham tadqiqotchilarga noma’lum. Balki uning samarasi virusning hujayrasi immunitetiga ta’siridadir — bu ham taxmin.

Universitet matbuot xizmati, garchi laboratoriyada sinov muvaffaqiyatli o‘tgani bilan, ivermektin hozircha odamlarda koronavirus infeksiyasini davolash yoki profilaktikasi uchun qo‘llanilishi mumkin emasligini alohida ta’kidladi. Bu dorining kelgusida qo‘llanilishi klinika oldi va klinik sinovlarda ko‘rsatadigan natijasiga, qanchalik samarali va xavfsizligi aniqlanishiga bog‘liq.

Ma’lumot uchun: Ivermektin inson va hayvonlarni endo va ektoparazitar kasalliklardan davolashda ishlatiladi. Ivermektinni ochganlar 2015 yili fiziologiya va tibbiyot yo‘nalishida Nobel mukofotini qo‘lga kiritishgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 157
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 295
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar