“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 30 2024, 21:10
ЎЗO‘Z

Dunyoning eng boy 100 kishisi pandemiya sababli 408 mlrd dollar yo‘qotdi

07 apr, 22:05 2 703 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Dunyoning eng boy 100 kishisi pandemiya sababli 408 mlrd dollar yo‘qotdi Ikki oy ichida dunyoda milliarderlar soni koronavirus pandemiyasi sharoitida 20 foizga kamayib, ayni vaqtda 2253 kishini tashkil qilmoqda.
Xususan, sayyoramizning eng boy 100 kishisining umumiy boyligi shu 2 oy ichida 408 mlrd dollarga kamaygan. Bundan Shanhayning Hurun Institute tashkiloti ma’lumotlari darak bermoqda.

Ushbu tashkilot har yili dunyodagi milliarderlar soni bo‘yicha ma’ruza tayyorlaydi va uning Hurun Global Rich List 20 ro‘yxati oxirgi marta 31 yanvarda chiqqan. Kompaniya 6 aprelda e’lon qilgan maxsus ma’ruzada fevral-mart oylari uchun ma’lumotlar keltirilgan.

Ushbu ro‘yxatga kirgan 100 milliarderning 86 foizi fevral-mart oylarida yo‘qotishlarga uchragan, 9 foizi daromadini ko‘paytira olgan. Yana 5 foiz milliarderlarning boyligi o‘zgarmagan. Umuman olganda milliarderlar kuniga 75 mln dollardan yo‘qotishgan.

Eng katta yo‘qotishga fransuz milliarderi Bernar Arno uchragan. LVMH Moet Hennessy Louis Vuitton kompaniyalari guruhi egasining boyligi kompaniya aksiyalari narxi qulagandan keyin yanvar oyidagi 107 mlrd dollardan 77 mlrd dollargacha kamayib ketgan.

Amazon kompaniyasi bosh ijrochi direktori Jeff Bezos oxirgi 2 oyida ichida 9 mlrd dollar yo‘qotgan, biroq u hamon 131 mlrd dollarlik boylik bilan dunyoning eng boy odami bo‘lib qolmoqda.

Bu orada Zoom videoanjumanlar platformasi asoschisi Yuan Chjenning boyligi 3,5 mlrd dollardan 8 mlrd dollargacha ko‘paygan. Kompaniya aksiyalari 2 oy ichida 2 barobar qimmatlashgan.

Hurun’ning yanvardagi ma’ruzasiga ko‘ra, dunyoda 2816 ming milliarder bo‘lgan. Oxirgi 2 oy ichida ularning soni 20 foizga qisqarib, hozirda 2253 nafarni tashkil qilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi 30 apr, 14:37 65
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi 30 apr, 20:43 0
  • Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi 30 apr, 20:18 0
  • Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi 30 apr, 19:54 1
  • May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi 30 apr, 19:30 2
  • Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi 30 apr, 19:13 11
  • Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi 30 apr, 18:50 63
  • Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi 30 apr, 18:28 20
  • Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat 30 apr, 18:02 35
  • Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi 30 apr, 17:39 80
  • Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi 30 apr, 17:21 93
  • NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik” 30 apr, 17:00 116
  • Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi 30 apr, 16:46 82
  • Bo‘limlar