“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 12:27
ЎЗO‘Z

Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgan uchinchi o‘zbekistonlik taniqli xonanda ekan (video)

07 apr, 17:27 4 785 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgan uchinchi o‘zbekistonlik taniqli xonanda ekan (video) Bugun tongda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi 6 aprel kuni 1969 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi R.X. koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida mahalliy klinikada vafot etganini xabar qilgandi.

Nyu-Yorkdagi o‘zbekistonliklar hamjamiyati vakillari ushbu shaxs taniqli qo‘shiqchi, shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy ekanini ma’lum qildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Rustam Samarqandiy
Qayd etilishicha, 51 yoshli Rustam Hojimamedovda 22 mart kuni kasallikning birinchi alomatlari kuzatilgan edi, uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi munosabati bilan 2 aprel kuni u kasalxonaga yotqizilib, o‘pkani sun’iy shamollatish apparatiga ulangan va sun’iy komaga tushirilgan edi. Ammo bu foyda bermadi va bemor 6 aprel kuni olamdan o‘tdi.

Rustam Hojimamedov Rustam Samarqandiy taxallusi ostida ijod qilardi. U mashhur hofiz Abram Tolmasovning shogirdi hisoblanardi. Rustam Samarqandiy shirali ovozi hamda mumtoz kuylarni ijro etish mahorati bilan mashhur edi.

Hozirgi paytda Bosh konsulxona diasporal tashkilotlar rahbarlari va faollari bilan birgalikda uning dafn marosimi bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkda ikki o‘zbekistonlik (bir ayol va bir erkak) koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Umuman olganda, xorijiy davlatlarda bo‘lib turgan 23 nafar O‘zbekiston fuqarosida koronavirus aniqlangan.
O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 7 aprel soat 15:00 holatiga ko‘ra 504 nafarni tashkil etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 138
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 74
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 0
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 4
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 12
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 16
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 6
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 137
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 73
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 14
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 122
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 72
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 61
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 219
  • Bo‘limlar