“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:34
ЎЗO‘Z

JSST rahbari: «Tibbiy niqoblardan faqat shifokor va kasallanganlar foydalanishi lozim»

07 apr, 14:41 3 143 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST rahbari: «Tibbiy niqoblardan faqat shifokor va kasallanganlar foydalanishi lozim» Foto: Altyn-orda.kz
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19 koronavirusi pandemiyasi paytida tibbiy niqoblardan foydalanish bo‘yicha asosiy tavsiyalarni o‘zgartirmadi — ularni faqat shifokor va kasallar taqishi lozim, deb xabar bermoqda «RIA Novosti». Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida JSST rahbari Tedros Gebreyesus ma’lum qilgan.

«Bilamizki, ko‘pchilik davlatlar COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun aholiga tibbiy va tibbiy bo‘lmagan niqoblarni taqishni tavsiya etmoqda. Tibbiy niqoblardan birinchi navbatda koronavirusga qarshi kurashayotgan tibbiyot xodimlari foydalanishi lozim», — degan u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu shifokorlarni infeksiyadan himoya qilish uchun zarurdir. Biroq niqoblar zaxirasi juda kam bo‘lgani uchun JSST rahbari niqoblardan keng aholi foydalanishi unga haqiqatan ham ko‘proq muhtoj bo‘lganlarga yetmay qolishidan xavotirlanayotganini bildirgan.

«Ayrim hollarda bu yetishmovchilik shifokorkar hayotini xavf ostiga qo‘yadi. JSST tibbiy niqoblar, respiratorlar va boshqa himoya vositalaridan foydalanishni tibbiyot xodimlariga tavsiya etishda davom etadi. Aholi uchun esa tibbiy niqoblarni kasal bo‘lganlarga va ularga uyda qarayotganlarga taqishni tavsiya etamiz», — degan Tedros Gebreyesus.

Avvalroq JSSTning rasmiy vakili shunday tavsiyalar berib, tibbiy niqobning o‘zi koronavirusdan himoya qilolmasligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25 martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar