“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 05:53
ЎЗO‘Z

Lukashenkoning Belarusda karantin kiritmayotgani sababi tushuntirildi

07 apr, 11:44 3 369 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lukashenkoning Belarusda karantin kiritmayotgani sababi tushuntirildi Foto: RIA Novosti
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirus tarqalishi ortida mamlakatda favqulodda vaziyat va karantin rejimlarini kiritishni istamayapti, chunki u “xalq uchun siyosiy javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan”.

Bunday fikrni shifokor va teleboshlovchi Yevgeniy Komarovskiy bildirdi.
Komarovskiyning aytishicha, hozirda barcha davlatlar Belarusdagi vaziyatni kuzatmoqda va “u yerda falokat yuz berishini orzu qiladi”.

Chunki bu ularga misol bo‘lib xizmat qiladi: mana qarang, u yerda qanday qirg‘in, biz esa shovvozlar, bizda bu yo‘q”, deb aytgan mutaxassis Big Money shousi efirida.
Komarovskiyning aytishicha, dunyo yetakchilari pandemiya yakunlangandan keyin Lukashenkoning ularga o‘rnak qilib ko‘rsatilishini hammasidan ko‘proq istashmaydi.

Shifokor Belarus prezidenti tomonidan favqulodda vaziyat va boshqa qat’iy choralar kiritmaslik qarori birgina uning qarori bo‘lmaganini aytgan. “Uning oldida shifokorlar, epidemiologlar, fanlar akademiyasi bo‘lgan. Va ular Lukashenkoga maslahat berishganda, agar biror narsa noto‘g‘ri ketsa, terilari shilib olinishini bilganlar”, deb ta’kidlab o‘tgan mutaxassis.

Koronavirus tarqalishi ortida aksariyat davlatlar xorijliklar uchun o‘z chegaralarini yopib, favqulodda vaziyat kiritdi. Belarus bu vaziyatda chegaralarni yopmagan, biroq respublikaga kelayotgan barcha transport ortidan nazoratni kuchaytirgan. Shuningdek, hukumat koronavirus avj olgan davlatlardan kelgan fuqarolarga 14 kun uyda karantinda qolishni buyurgan.

Lukashenko aprel boshida respublikada boshqa davlatlarga o‘xshab favqulodda vaziyat kiritishi va prezident saylovlari oldidan “o‘zini ko‘rsatishi” mumkinligini aytgan, biroq u “bu o‘yinlarni o‘ynashni” istamaydi. Uning ta’kidlashicha, Belarus pandemiyadan “sarosimaga tushmagan”.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 157
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 295
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 64
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 73
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 126
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 35
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 56
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 131
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 194
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 120
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 28
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 36
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 105
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 151
  • Bo‘limlar