“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 12:03
ЎЗO‘Z

Rossiyalik virusolog issiq havoning koronavirusga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi

05 apr, 21:25 5 154 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiyalik virusolog issiq havoning koronavirusga qanday ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi Foto: Shutterstock
Nyu-York fanlar akademiyasi a’zosi, virusolog Anatoliy Altshteyn issiq havoning koronavirusga ta’siri haqida o‘z mulohazalarini bildirdi, deb xabar beradi «Ura.ru».

Mutaxassisning fikricha, bahorgi iliq havo virusning tarqalishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Biroq yozga borib, kasallik tarqalishi sekinlashishi mumkin. Altshteynning so‘zlariga ko‘ra, respirator kasalliklar epidemiyasi odatda yilning salqin mavsumida tarqaladi, chunki yozda odamlar kasallikka kamroq moyil bo‘ladi.

Bundan tashqari, infeksiyaning tarqalishiga fuqarolarning o‘zini o‘zi izolyatsiyalashi va boshqa qabul qilingan cheklov choralari ta’sir ko‘rsatadi. Ularning ilk natijalarini bir haftalardan keyin ko‘rish mumkin. «Keyingi hafta biz o‘zimizni izolyatsiya qilgan vaqtimizda kasallikni yuqtirgan odamlar paydo bo‘ladi», — deydi virusolog.

Avvalroq AQSHdagi Stenford universitetining tibbiyot markazi mutaxassislari koronavirus haqidagi afsonalardan birini yo‘qqa chiqargani haqida xabar berilgandi.

2019 yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan koronavirus pandemiyasi dunyoning 181 dan ortiq davlatiga tarqaldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 1,2 million kishidan oshgan, vafot etganlar soni esa qariyb 65 ming kishiga yaqinlashib qolgan. AQSHning o‘zida kasallar soni 310 ming kishidan oshib ketdi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 298 kishiga yetdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 10
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 80
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 43
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 10
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 14
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 61
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 56
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 23
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 37
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 23
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 142
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 46
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 121
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 80
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 43
  • Bo‘limlar