“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 00:27
ЎЗO‘Z

Erkak karantin vaqtida o‘z shahriga yetib olish uchun o‘zini o‘lganga soldi

05 apr, 18:15 3 732 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erkak karantin vaqtida o‘z shahriga yetib olish uchun o‘zini o‘lganga soldi Foto: Getty Images
Hindistonda erkak karantin vaqtida o‘z shahriga yetib olish uchun o‘zini o‘lganga soldi.
Hindistonning Punch shahrida (Kashmir) yashovchi 70 yoshli Hakim Din koronavirus tarqalishi oldini olish uchun kiritilgan karantin sharoitida uyiga yetib olish uchun o‘zini o‘lganga soldi. Bu haqda The New Arab sayti xabar berdi.

Qariya Jammu shahridagi shifoxonada boshidagi jarohatdan davolanayotgan bo‘lgan. Bu orada 1 aprelda mamlakatda karantin rejimi kiritilgan. Shundan keyin erkak uyiga yetib olish uchun nayrang ishlatishga qaror qilgan.

Tez tibbiy yordam mashinasi haydovchisi erkakka Pokiston bilan chegarada joylashgan uyigacha yetib olishi uchun yo‘llardagi kordonlardan o‘zini o‘lganga solib o‘tib olishni taklif qilgan.

Din va yana uch kishi tez tibbiy yordam mashinasida shifoxonadan berilgan o‘lim haqidagi qalbaki hujjatlar bilan 160 km yo‘l bosib, bir nechta kordonlardan o‘tgan. Biroq oxirgi blokpostda ularni politsiya “xitlab qolgan”.

Politsiyachilardan biri avtomobilda choyshab ostida yotgan erkak tirik bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan. Aldov fosh bo‘lgach, qoidabuzarlar hibsga olinib, karantinga joylangan. Politsiya boshlig‘i Ramesh Angralning ma’lum qilishicha, erkaklar firib qo‘llaganlik va taqiqlovga bo‘ysunmaganlik uchun jarimaga tortilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 195
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 0
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 0
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 16
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 46
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 20
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 63
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 54
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 90
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 266
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 130
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 21
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 155
  • Bo‘limlar