“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:08
ЎЗO‘Z

Pod’ezddagi dahanaki jang otishmaga aylandi

05 apr, 17:15 2 192 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Pod’ezddagi dahanaki jang otishmaga aylandi Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Yelatma aholi yashash maskanidagi ko‘p qavatli uylardan birining pod’ezdida besh kishi otib tashlandi. Ulardan biri ayol kishi bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, 4 aprel, tungi soat 22.00da ko‘p qavatli uyning oldida bir guruh yoshlar to‘planib, qattiq shovqin ko‘targan. Ularga shu uyda yashovchi 32 yoshli shaxs tanbeh berib, shovqin tufayli farzandi uxlay olmayotganini aytgan.

Ikki o‘rtada boshlangan dahanaki jang kuchaya boshlagach, tomonlardan biri pod’ezdda gaplashib olishni taklif qiladi. Ko‘p qavatli uyda yashovchi shaxs bunga rozi bo‘ladi va pod’ezdga o‘zi bilan birga ov miltig‘ini olib chiqib, to‘rt erkak hamda bir ayolni otib tashlaydi. Vafot etganlar 22 yoshdan 31 yoshgacha bo‘lgani aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, qotillik sodir etgan shaxs ruhiy xastaliklar shifoxonasida ishlagan. U o‘q uzgan ov qurolining hujjatlari borligi ma’lum qilindi.

Jinoyat sodir etilgan vaqtda gumonlanuvchining rafiqasi yuvinish xonasida bo‘lgani va faqat «g‘alati paqillagan ovozlarni» eshitganini bildirib o‘tdi. Politsiyani esa voqea shohidi bo‘lgan qo‘shnilardan biri chaqirgan.

Ta’kidlash joiz, Ryazan viloyatida 30 martdan buyon «o‘zini yakkalash» rejimi mavjud bo‘lib, aholi sutka davomida o‘z yashash joyidan bemaqsad chiqmasligi lozim.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar