“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 09:00
ЎЗO‘Z

Turkiya. Ashevi, bu – choyxona emas!

05 apr, 12:32 2 578 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiya. Ashevi, bu – choyxona emas! Turkiyada usmoniylar davridan beri davom etib kelayotgan go‘zal odatdan biri shubhasiz "aşevi" ("osh uyi") fenomenidir. Mazkur an’ana jamiyat ichidagi birlik, birdamlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tushunchasining yorqin namunasidir, deya olamiz.

"Osh uylari" mahallallar, rayonlar va shaharlarda mavjud bo‘lib, ehtiyojmandlar, uzrlilar, boquvchisi bo‘lmagan qariyalar uchun ujratsiz ravishda ikki mahal issiq ovqat taqdim etadi. Turklarda ko‘rganim va juda ta’sirlanganim eng go‘zal narsa edi bu.

Usmonli davrida ijtimoiy birdamlik tushunchasi o‘zining bor bo‘yi bilan namon bo‘lgan. Sultonlar, davlatmand kishilar shuningdek, xalq ichida hurmatga ega bo‘lgan olimlar, shayxlar va avliyolar doim faqiru fuqarolar, musofirlar va ehtiyojmandlarni o‘ylab ular uchun biror haq olinmaydigan o‘ziga xos mehmonxonalar bo‘lmish karvonsaroylar, rabotlar, turbalar, imoratxonalar va oshxonalar (aşevi) qurardilar. Mazkur joylar xalq ichidagi uysizlar, faqirlar va musofirlarni o‘z bag‘riga olib, ular uchun tekin joy va taom taqdim etardi.

Shuningdek, xastalangan kishilar uchun dorushshifo deb ataluvchi kasalxonalar, ruhiy xastalikka duchor bo‘lganlar davolanadigan timorxonalar ham faoliyat yuritardi.

"Ashevi" deb ataluvchi tekin oshxonalar ba’zi manbalarda imoratxona yoki dorulit’om nomlari bilan ham zikr etiladi.
Yana, muvaqqitxona, maktab, madrasa, masjid, turba kabi ijtimoiy himoyaning alohida birliklari ham bor ediki, ularda nafaqat ta’lim olinar yoki ibodat qilinar balki, ular jamiyat birdamligining uyalari edi.

Osh uylari bugun Turkiyaning har bir mahallasi, har bir dahasi va har bir shahrida ko‘p sonda faoliyat yuritadi. Ular davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi, turli xil sifat nazorati tashkilotlarining sertifikatlarini oladi va nihoyatda pokiza va sog‘liqli taomlar tayyorlab qiynalgan, tanglikda qolgan kishilarning ma’yuslangan yuzlariga umid va tabassum rasmini chizadi.

Bizning o‘lkalarida ham bir vaqtlar rabotlar, karvonsaroylar, takiyalar, maktab va madrasalar xuddi yuqorida aytilgan tarzda faoliyat yuritgan va ular biror vaqf tashkilotlari tomonidan shuningdek, yakka shaxslarning ehsonlari hisobiga moliyalashtirilgan.

Zikr etganimiz ijtimoiy himoya markazlarining tamal toshi bot-bot xayr-ehsonga, miskinlarni taomlantirishga, Alloh rizq qilib bergan narsalardan o‘zgalarga infoq-ehson qilishga targ‘ib etuvchi o‘nlab oyati karimalar va hadisi shariflar tomonidan qo‘yilgan desak ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Qur’oni karimni tadabbur qilgan kishi bir narsaga ajablanmay qolmaydi. Uning suralarida infoq ehsonga da’vat takror-takror kelaveradi. Bu ishlar mudom jannat egalarining, mo‘minlarning asosiy sifatlari o‘laroq zikr qilinaveradi. Shuningdek, Qur’oni karim bu borada faqat boylarga xitob qilmaydi balki, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham, kechasiyu kunduzi, oshkorayu yashirin tarzda ya’ni har qanday holatda va har doim baqadrihol infoq qilishga chaqiradi. Va bu ishlarni Alloh muhabbatiga sabab bo‘luvchi ulug‘ ishlar sirasida tilga oladi.

Musulmon kishi uchun Allohning muhabbatidan ortiqroq yana qanday baxt bo‘lishi mumkin?!..

Hadisi shariflarda ham bu kabi ishlar tinmay targ‘ib qilinadi. Ayniqsa, ochni taomlantirish, qo‘shniga yaxshilik qilishga alohida urg‘u beriladi. Ulardan bittasini zikr qilamiz. Anas ibn Molik raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "yonidagi qshnisi och holda ekan uni bila turib, o‘zi to‘q holda tunni o‘tkazgan kimsa Menga iymon keltirmabdi" (Tabaroniy va Bazzor rivoyatlari).

Shu ma’nodagi sharafli hadislar juda ko‘p. Hadisi sharif tafakkur qiluvchilar uchun ko‘plab ibratlarga ega. Eslatma oluvchilar uchun uning hidoyati va tarbiyaviy ahamiyati benihoya buyuk.

Allohni tanigan mo‘min kishi uchun bu dunyoning lazzati o‘zgalar qalbiga shodlik olib kirishda, ehtiyojmandlarga yordam qo‘lini cho‘zishda, qiyinchilik ichida qolganlarning og‘irini yengil qilishdadir.

Haqiqiy mo‘min o‘zi restoranma-restoran yurib, nafis taomlar va ulardan-da anfas shirinliklar bilan lazzatlanib yurgani holda yaqinlari, do‘st-yorlari va qo‘shnilarining qiynalib yurishlariga ko‘z yumib ketolmaydi. Qo‘shnisi ochlikdan azob chekayotgan bir vaqtda o‘zi bemalol qorni to‘q holda uyquga ketmaydi. Demak, uning bo‘ynida zakotdan boshqa ham ma’lum haqlar borki, Qiyomat kuni shubhasiz ulardan so‘ralajak.

Demak, ijtimoiy birdamlik, bir-biriga yordamlashish, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tushunchasi dinimizda asosiy o‘rinni eagallaydi. Zero, bir-biriga hamdard bo‘lmaydigan ummat zavolga mahkum. Bunday ummat tarix sahnasidan supurilib ketadi. Buni hatto o‘zga din vakillari ham yaxshi anglaydilar. Shuning uchun ham takoful tushunchasi boshqa din vakillarida ham juda yaxshi rivojlangan.

Xulosa sifatida aytish lozimki, maqolamiz mavzusi bo‘lgan osh uylari Qur’oni karim oyatlari va suyukli payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning hayotbaxsh o‘gitlarida ilgari surilgan oliy maqsadlarga xizmat qilish asosida vujudga kelgan.

Alisher Sultonxo‘jayev




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 1
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • So'nggi yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 1
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 4
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 18
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 53
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 35
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 82
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 41
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 234
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 104
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 30
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 58
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 248
  • Bo‘limlar