“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 20:40
ЎЗO‘Z

BMT koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi

03 apr, 12:55 2 135 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
BMT koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha rezolyutsiya qabul qildi Foto: AP Photo/Richard Drew
BMT Bosh assambleyasi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda global birdamlik va xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga chaqiruvchi rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu xalqaro tashkilotning pandemiya bo‘yicha birinchi qarori hisoblanadi.

Rezolyutsiya matni Norvegiya, Shveysariya, Singapur, Lixtenshteyn va Gana tomonidan tayyorlanib, 188 ta davlat unga hammuallif hisoblanadi.
Bosh assambleyada rezolyutsiya bo‘yicha ovoz berish pandemiya sababli yig‘ila olinmayotgani sababli yangi qoidalar bo‘yicha o‘tkazilgan.

Oxirgi muddat tugagungacha hujjat bo‘yicha biror e’tiroz bo‘lmagani sababli u bir ovozdan qabul qilinib, kuchga kirgan.
Rezolyutsiyada koronavirusning jamiyatga vayronkor ta’siri, iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazayotgani, global safarlar va savdoga e’tibor qaratilgan.

Unda xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va BMTning pandemiyaga qarshi global javob berishda markaziy rol o‘ynashi, nochor davlatlarga va pandemiyadan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlarga ko‘mak ko‘rsatish zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.

Bundan tashqari, koronavirusga qarshi kurashda tahqirlash va ksenofobiyaning har qanday turidan voz kechish va inson huquqlarini hurmat qilish lozmligi belgilab qo‘yilgan.

Hujjat, shuningdek, xalqaro hamjamiyatni koronavirusga qarshi kurashdagi ma’lumotlar, bilimlar va yutuqlar bilan bo‘lishishga chaqiradi.

Bu orada Rossiyaning pandemiya xavfi ortida barcha savdo urushlariga chek qo‘yishga hamda BMT Xavfsizlik kengashi ma’qullovisiz kiritilgan bir tomonlama sanksiyalardan voz kechishga chaqiruvchi rezolyutsiyasi loyihasi qo‘llab-quvvatlanmagan. Unga AQSH, Yevropa ittifoqi va Ukraina qarshi chiqqan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Belgiya Isroilga nisbatan savdo sanksiyalarini qo‘llash tashabbusini ilgari surdi 06 мая, 20:26 0
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 25
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 84
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqidagi ikkita aholi punktini to‘liq egalladi 06 мая, 19:37 23
  • Lavrov: “AQSHdagi demokratlar va respublikachilar Rossiyani dushman deb biladi” 06 мая, 19:13 31
  • Naoya Inoue meksikalik raqibini nokautga uchratdi 06 мая, 18:55 22
  • Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi 06 мая, 18:18 10
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 101
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 62
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 83
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 100
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 218
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 61
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 99
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 29
  • Bo‘limlar