“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:50
ЎЗO‘Z

Lukashenko koronavirusga qarshi kurashda o‘z tavsiyalarini berdi

03 apr, 11:30 2 391 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lukashenko koronavirusga qarshi kurashda o‘z tavsiyalarini berdi Foto: Mixail Klimentev / RIA Novosti
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko koronavirusga qarshi kurashda yog‘li taomlar yeyishni, sport bilan shug‘ullanishni va ko‘proq ochiq havoda bo‘lishni tavsiya qildi. U, shuningdek, virus tarqalishi oldini olishda o‘zini izolyatsiyalash siyosatini tanqid qildi.
Lukashenko bunday tavsiyalarni “Mir” telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Kecha bir aqlli rossiyalik virusga qarshi jismonan kurashish kerakligini gapirdi. Men qanday qilib jismonan, deb o‘yladim. O‘zini xavfdan saqlash lozim. Sport bilan shug‘allanish va ochiq havoda ko‘proq bo‘lish zarur. O‘pkalarga yordam berish kerak”, deb aytgan Lukashenko.

O‘sha odam biz parhezda o‘tirgandik, aksincha, yog‘li taom yeyish kerak, deb aytdi. Men ham o‘zimni bu borada cheklardim. Hozir esa smetana yog‘ini yeyish kerak ekan, aniqlanishicha, yog‘ o‘pkaga viruslar bilan kurashishda yordam beradi. Agar mutaxassis, olim gapirayotgan bo‘lsa, ahmoq emasdir. Men o‘z tajribamdan kelib chiqib, bu olimning gaplarini qo‘llab-quvvatlayman”, deb qo‘shimcha qilgan Belarus prezidenti.

Lukashenko aynan qaysi rossiyalik olimning intervyusini tinglaganiga aniqlik kiritmagan. So‘z o‘rnida shuni aytish kerak, Lukashenko esga olayotgan olim Rossiya tibbiyot-texnika fanlari akademiyasi akademigi Pavel Yevdokimenko bo‘lib, u koronavirusga qarshi kurashda hayvon yog‘larini, jumladan sariyog‘ni faol iste’mol qilishni taklif qilgan.

Lukashenko, shuningdek, o‘z uyida qolish bo‘yicha choralarni tanqid qilgan. Uning ta’kidlashicha, “hattoki urush zamonlarida ham bunday bo‘lmagan”. Uning fikricha, o‘zini izolyatsiyalashsiz odamlar virusni oyoqda o‘tkazgan bo‘lardilar, buning o‘rniga esa o‘z oila a’zolarini zararlamoqdalar.

Uning ta’kidlashicha, Belarus poytaxti Minskda o‘zini izolyatsiyalash bo‘yicha choralar joriy qilish muammo emas, biroq buning oqibatlari salbiy bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Belarus prezidenti koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatni “psixoz” deb atagandi. Uning ta’kidlashicha, mamlakat uchun mavsumiy infeksiyalar kattaroq muammo hisoblanadi.

17 mart kuni Lukashenko koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga izoh berish vaqtida qo‘llarni tez-tez yuvishni, vaqtida nonushta, tushlik va kechki ovqat qabul qilishni, hammomga borishni taklif qilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 0
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar